2.50. Agar 150-inchi element ixtiro qilinsa, uning 5-pog‘onachasida eng ko‘pi bilan nechta elektron bo‘lar edi?
(Javob: 50).
2.51. 37elementning 3pog‘onasida ko‘pi bilan nechta elektron bo‘ladi? (Javob: 18).
2.52. 86-elementning 4-pog‘onasida ko‘pi bilan nechta elektron bo‘ladi? (Javob: 32).
2.53. 11-elementning elektron konfiguratsiyasi qanday bo‘ladi? (Javob: 1s22s22p63s1).
2.54. 16-elementning elektron konfiguratsiyasi qanday bo‘ladi? (Javob: 1s22s22p63s23p4).
2.55. 19-elementning elektron konfiguratsiyasi qanday bo‘ladi? (Javob: 1s22s22p63s23p64s1).
2.56. 56-elementning 3d pog‘onachasi oldin to‘ladimi yoki 4s pog‘onasi?
Yechish: n+l=3+2=5 va n+l=4+0=4. Demak, 4s pog‘onacha 3d-pog‘onachadan oldin to‘ladi.
2.57. 53-elementning 3d-pog‘onachasi oldin to‘ladimi yoki 4p-pog‘onachasi? (Javob: 3d).
2.58. 33-element elektron pog‘onachalarining to‘lish tartibini toping. (Javob: 1s<2s<2p<3s<3p<4s<3d<4p).
2.59. 1s22s22p63s23p64s23d104p3 konfiguratsiya qaysi elementga to‘g‘ri keladi? (Javob: 33-element,As).
2.60. 24-elementning 3p, 3d, 4s pog‘onachalarida nechtadan elektron bo‘ladi? (Javob: 6, 5, 1).
2.61. To‘rtinchi davr elementlaridan qaysi birida toq elektronlar soni ko‘p? (Javob: 24-element).
2.62. Elektron formulasi 3d104s1 bilan tugallangan elementning 0,5 mol miqdori suyultirilgan nitrat kislota bilan ta'sirlashganda qancha hajm (n.sh.) gaz ajralib chiqadi?
Yechish: Elementning to‘liq elektron konfiguratsiyasi 1s22s22p63s23p63d104s1, bu elementda 29 ta elektron bor, demak, Cu elementi olingan. Tegishli reaksiya tenglamasi:
3Cu+8HNO3=3Cu(NO3)2+2NO+4H2O
bo‘yicha proporsiya tuzsak 3:0,5=2·22,4:x; x=7,47 l NO.
2.63. Quyidagilardan qaysi biri: 1) 3d94s1; 2) 3d84s2; 3)3d64s24p2; 4) 3d74s3 28-elementning elektron konfiguratsiyasini to‘g‘ri aks ettiradi? (Javob: 2).