α-zarracha musbat zaryadli zarrachalar bo‘lib, gеliy yadrosiga to‘g‘ri kеladi. Kuchli ionlash xossasiga ega , 0,01 mm dan kam qalinlikdagi metall to‘siqlardan o‘ta oladi.
β- nurlanish
β-zarracha manfiy zaryadli zarracha bo‘lib, elеktronlar oqimidan iborat, 0,01 m qalinlikdagi to‘siqdan o‘ta oladi.
γ- nurlanish rеntgеn nurlariga o‘xshash bo‘lib, kuchli o‘tish (singish) xossasiga ega; 0,1 m qalinlikdagi to‘siqdan o‘ta oladi.
Barcha kimyoviy elementlarning radioaktiv izotoplari olingan. Ularning taxminan 1500 turi ma’lum. Faqat radioaktiv izotoplardan tarkib topgan elementlar radioaktiv elementlar deyiladi. Bular Z=43, 61 va 84 — 105 elementlardir.
Yadro reaksiyalari
Yadro reaksiyalari yordamida radioaktiv xususiyati bor izotoplar (radioaktiv izotoplar) olinadi. Ularning hammasi beqaror va radioaktiv parchalanish natijasida boshqa elementlarning izotoplariga aylanadi.
Yadro reaksiyalari
Yadro reaksiyalarida tenglamaning chap qismida massalar yig‘indisi bilan zaryadlar yig‘indisi tenglamaning o‘ng qismidagi massalar yig‘indisi bilan zaryadlar yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak. Masalan: