Amaliy mashg'ulotning bahosi: ball Amaliy mashg'ulot
Mavzu: “Ishqoriy metallar” va “Kalsiy” mavzulari bo'yicha tajribaviy masalalar yechish Maqsad: ishqoriy metallar va kaliyli birikmalarni aniqlash usullari bilan tanishish. Tajribada kalsiy va ishqoriy metallar ionlarining alangani bo'yashi va faolligi kuzatish,ion almashinish reaksiyalari orqali asosli xossalari o'rganish.
Kerakli jihozlar:probirkalar, stakan.
Kerakli moddalar:yangi tayyorlangan ohakli suv, natriy kaliy va kaliyning karbonatli tuzlari,kumush nitrat hamda fenolftalein eritmasi.
Rioya qilinishi lozim bo'lgan xavfsizlik qoidalari: Elektr isitish asbobidan foydalanishdan oldin elektr simining izolyatsiyasi butunligini tekshirib ko'riladi.
Gaz ajralish bilan boradigan reaksiya sodir bo'layotgan idish ustida engashib qaralmaydi, chunki modda yuzga sachrashi mumkin. Moddalarni isitayotganda probirka og'zini yonimizdagi o'rtoqlardan boshqa tomonga qaratib qo'yiladi.
Kislota va ishqorlar eritmalari bilan ishlaganda ehtiyot bo'lish lozim.
Ishning borishi: To'rtta raqamlangan probirkada:
natriy xlorid;
natriy nitrat berilgan. Qaysi probirkada qanday tuz borligini aniqlang.
To'rtta raqamlangan probirkada:
kaliy xlorid;
kaliy karbonat;
kalsiy karbonat;
kalsiy xlorid berilgan. Qaysi probirkada qanday tuz berilganini aniqlang.
Sizga berilgan ikkita probirkada rangsiz eritmalarning qaysi biri kaliy gidroksid, qaysi biri kalsiy gidroksid eritmasi ekanligini aniqlang.