34
Elementlarning muhim ta‘rifi ularning yer po’stlog’ida, ya‘ni Yerning yuqori
qattiq qobig’ida tarqalganligidir, bu qobiqning qalinligi shartli ravishda 16 km ga
teng deb qabul qilingan. Elementning yer po’stlog’ida tarqalganligini geokimyo –
yer haqidagi fan o’rganadi. Ma‘lumotlarga ko’ra eng ko’p tarqalgan element –
kislorod yer po’stg’ogi massasining 47,2 % ni tashkil etadi, so’ngra kremniy –
27,6, alyuminiy-8,80, temir- 5,10, kaltsiy- 3,6, natriy – 2,64, kaliy- 2,6, magniy-
2,10, vodorod- 0,15%
Keltirilgan raqamlardan ko’rinib turibdiki, elementlar yer po’stlog’ida juda
notekis tarqalgan. Aytib o’tilgan 9 element yer po’stlog’i massasining 99,79 % ni,
qolgan barcha elementlar – faqat 0,21 % ni tashkil etadi. Mashxo’r olim Robert
Boyl davridayok murakkab moddalarning parchalanishidan hosil bo’ladigan, lekin
o’zi yanada oddiyroq moddalarga parchalana olmaydigan oddiy modda kimyoviy
element deb atalgan edi. Bu ta‘rifga Dalton atomistikasi hech qanday qo’shimcha
kirita olmadi. Lekin M.V.Lomonosov va D.I.Mendeleev «element» tushunchasi
bilan «oddiy modda» tushunchasi orasidagi farqni birinchi bo’lib aniq ko’rsata
oldilar. D.I.Mendeleevning aytishicha: «Element deganda, oddiy va murakkab
moddalarni tashkil etgan va ularga ma‘lum fizik hamda kimyoviy xossalar
majmuini bera olgan moddiy tarkibiy qismlarni tushunmoq kerak. Agar oddiy
moddani molekula deb tushunish o’rinli bo’lsa, elementni atom deb tushunmoq
to’g’ri bo’ladi. Uglerod – element, lekin ko’mir, grafit va olmos oddiy
moddalardir». Demak, D.I.Mendeleevning ta‘rifiga «kimyoviy element - oddiy va
murakkab moddalar tarkibiga kiradigan va ma‘lum atom massaga ega bo’lgan
atomlar turidir».
Dostları ilə paylaş: