46
Atom –musbat zaryadlangan yadro va manfiy zaryadlangan elektronlardan
iborat elektroneytral zarracha.
Atom tuzilishi –Atom yadrosida protonlar va neytronlar joylashgan bo’lib,
yadro maydonida elektronlar to’xtovsiz aylanma harakatda bo’ladi. Elektronlar
yadro maydonidagi elektron pog’onalarda harakatlanadi.
Element –yadro zaryadi bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turi
Moddaning kimyoviy formulasi –modda molekulasining tarkibini undagi
atomlarning belgilari va indekslar yordamida shartli belgilanishi.
Indeks –Molekuladagi atomlar sonini bildiruv raqam bo’lib, modda
formulasida element belgisining o’ng pastki qismida yoziladi.
Aralash moddalar (aralashmalar) –Har xil molekulalardan (har xil
zarrachalardan) hosil bo’lgan moddalar.
a) Gomogen (Bir jinsli) aralash moddalar –Toza moddadan oddiy ko’z
bilan hatto mikroskop bilan ham farqlab bo’lmaydigan aralashmalar.
b) Geterogen (Bir jinsli bo’lmagan) aralash moddalar –Toza moddadan
oddiy ko’z bilan ham farqlab bo’ladigan aralashmalar.
Oddiy moddalar –molekulasi bir xil atomlardan hosil bo’lgan moddalar.
Masalan: O
3
– ozon, S – oltingugurt, Fe – temir, Au – oltin, P
4
– fosfor va h.z.
Oddiy moddalar metalmaslarga va metallarga bo’linadi.
Metalmaslar –Bolg’alanmaydigan, yaltiroq bo’lmagan, issiqlik va elektr
tokini deyyarli o’tkazmaydigan moddalar. Hammasi bo’lib davriy sistemada 22 ta
element atomlari metalmaslardir.
Dostları ilə paylaş: