Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


Asosiy qonunlar. Massalar ta’siri qonuni



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə11/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Asosiy qonunlar. Massalar ta’siri qonuni


Analitik reaksiyalarning ko‘pchiligi qaytar, ya’ni bir vaqtda bir-biriga qarama-qarshi ikki yo‘nalishda boradigan reaksiyalardir. Masalan, Ba2+ va Fe3+ ionlarini topish reaksiyalari ana shunday reaksiyalar jumlasiga kiradi:

  1. 2BaCl2 + K2Cr2O7 + H 2O ← → 2BaCrO4 ↓+2KCl + 2HCl

2Ba2+ +Cr O2 + H O ← → 2BaCrO ↓+2H +
2 7 2 4

  1. FeCl3 + 3NH 4CNS ← → Fe(CNS )3 + 3NH 4Cl

Qaytar reaksiyaning chapdan o‘ngga boradigani to‘g‘ri reaksi- ya, o‘ngdan chapga boradigani esa teskari reaksiya deyiladi.
Umumiy kimyo kursidan ma’lumki, eritmada reaksiya uchun olingan va reaksiya natijasida hosil bo‘lgan hamma moddalar mavjud bo‘lganda qaytar reaksiyalar kimyoviy muvozanatga olib keladi.
Kimyoviy muvozanat vujudga kelishiga sabab reaksiyaga kirishuv- chi moddalarning konsentratsiyalari o‘zgarishi natijasida to‘g‘ri va teskari reaksiya tezliklarining bir-biriga tenglashib qolishidir.
Kimyoviy reaksiyalarning tezligi reaksiyaga kirishayotgan mod- dalar konsentratsiyalarining vaqt birligi ichida o‘zgarishi bilan o‘lchanadi.
Eritmada qaytar reaksiya borayotir, deb faraz qilaylik:
A + B ← →C + D
Bunda A, B, C, D – reaksiya borayotgan aralashmadagi har xil moddalar.
To‘g‘ri reaksiyaning tezligi A va B moddalarning konsentratsi- yalariga to‘g‘ri proporsionaldir.
Reaksiyaga kirishadigan va reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan moddalarning konsentratsiyalari bir litrdagi mol miqdori bilan ifodalanishini hamda shu moddaning formulasi o‘rta qavs ichiga olib ko‘rsatilishini eslatib o‘tamiz.
To‘g‘ri reaksiyaning tezligini quyidagicha yozish mumkin:
V1 = K1[A][B] (1)
Bunda V1 – to‘g‘ri reaksiyaning tezligi; K1 – reaksiyaning tez- lik konstantasi deb ataluvchi proporsionallik koeffitsienti.
Agar [A] va [B] konsentratsiyalari 1 molga teng desak, u holda:
V1 = K1
Reaksiyaga kirishadigan moddalardan har birining konsentrat- siyasi 1 mol/l bo‘lganda (yoki ularning ko‘paytmasi birga teng bo‘lsa) boradigan reaksiyaning shu sharoitdagi tezligi uning tezlik konstantasi deyiladi. Xuddi shunga o‘xshash teskari reaksiyaning tezligi V2 ni quyidagicha yozish mumkin:
V2 = K2 [C ]⋅[D] (2)
Reaksiya davomida A va B moddalarning konsentratsiyalari borgan sari kamayib, C va D moddalarning konsentratsiyalari or- tib boradi. Demak, vaqt o‘tgan sari to‘g‘ri reaksiyaning tezligi ka- mayib, teskari reaksiyaning tezligi noldan boshlab ortib boradi. Nihoyat ikkala tezlik teng bo‘lib qoladi.
Kimyoviy muvozanatda vaqt birligi ichida har bir modda- ning (A, B, C va D) qancha molekulasi reaksiyaga kirishsa, qa- rama-qarshi reaksiya natijasida ulardan o‘shancha miqdorda hosil bo‘ladi. Demak, kimyoviy muvozanat vujudga kelganda reaksiya borayotgan aralashmadagi hamma moddalarning kon- sentratsiyasi o‘zgarmay qoladi. Bunda reaksiya go‘yo to‘xtab qolgandek bo‘ladi; aslida esa ikkala reaksiya ham davom eta- veradi, biroq ularning biri ikkinchisining natijasini yo‘qqa chiqaradi.
Agar ushbu:
2BaCl2 + K2Cr2O7 + H 2O ← →↓2BaCrO4 + 2KCl + 2HCl reaksiyada aralashmaga ortiqcha miqdorda K2Cr2O7 qo‘shilsa, to‘g‘ri reaksiya ketadi, ya’ni BaCrO4 cho‘kmaga tushadi. Agar ortiqcha miqdorda HC1 qo‘shilsa, teskari reaksiya sodir bo‘lib, BaCrO4 cho‘kmasi eriydi va reaksiya yana davom etaveradi.
Shunday qilib, kimyoviy muvozanat siljuvchan, ya’ni dinamik muvozanatdir.
Muvozanat vaqtida V=V2 bo‘ladi. Bu tenglamaga (1) va (2) tenglamalardagi V1 va V2 larning qiymatini qo‘yamiz:

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin