Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə14/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Gaz analizi. Texnologik jarayonlarni nazorat qilib turishda gaz analizi usulidan keng foydalaniladi. Bu usulning mohiyati shun- dan iboratki, gazlar aralashmasi maxsus reaktiv eritmasi orqali o‘tkazilganda ayrim komponentlarning eritmaga yutilishi tufayli gazlar aralashmasining hajmi kamayadi. Ana shunga asoslanib, aralashmadagi ba’zi gazlarning foiz miqdori aniqlanadi. Masalan, tarkibida karbonat angidrid bor ma’lum hajmdagi gazlar aralash- masini o‘yuvchi natriy eritmasi bilan aralashtirib chayqatilsa ish- qor eritmasi CO2 gazini to‘liq yutadi. Yutilgan gazning miqdori gazlar aralashmasi hajmining kamayishiga qarab topiladi. Reaksi- ya quyidagi tenglama bo‘yicha kechadi:
2KOH+CO2=K2CO3+H2O
Ammo kimyoviy usullar ishlab chiqarishni nazorat qilishdagi barcha talablarni qondira olmaydi. Kimyoviy usullarning sezgirligi kichik bo‘lganligi uchun turli moddalar tarkibida juda kam miq- dorda bo‘lgan elementlarni bu usullar bilan aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda juda sezgir, analizni o‘tkazishga kam vaqt sarflanadigan usullar yaratishga ko‘p e’tibor berilmoqda. Bu jihatdan fizikaviy va fizik-kimyoviy usullar katta samara bermoqda.
    1. Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasining asoslari


Elektrolitik dissotsilanish nazariyasini 1887-yilda S. Arrenius kashf etgan. Bu nazariyaga ko‘ra hamma moddalar elektrolitlar va noelektrolitlarga bo‘linadi. Elektrolitlarning suvdagi eritmalari va suyuqlanmalari o‘zidan elektr tokini o‘tkazadi. Bularga kislotalar, ishqorlar va tuzlar kiradi. Suyuqlanmalari va eritmalari elektr to- kini o‘tkazmaydigan ko‘pgina organik birikmalar noelektrolitlarga kiradi.
Elektrolitlarning molekulalari suvda eritilganda musbat va manfiy ionlarga dissotsilanadi. Bunda musbat zaryadli ionlar ka- tionlar, manfiylari esa anionlar deb ataladi. Metallar, vodorod va ba’zi kompleks ionlar musbat zaryadlanganligi uchun ular kation- larga kiradi (K+, N+, (Cu(NH3)4]2+ va boshqalar). Manfiy zar- yadlarga ega bo‘lgan gidroksil guruhlar, kislota qoldiqlari va ba’zi kompleks birikmalar (ON, SO42–, [A1(ON)6]3– va boshqalar) anionlarga kiradi.
Elektrolitlar eritmalarining dissotsilanish darajasi α bilan belgi- lanadi. Dissotsilanish qaytar jarayon bo‘lib, u hech qachon oxi- rigacha bormaydi.
Elektrolitlar molekulalarining qancha miqdori ionlarga ajral- ganligini ko‘rsatuvchi son elektrolitning dissotsilanish darajasi bo‘ladi.
Dissotsialanish darajasi ionlarga ajralgan, ya’ni dissotsilangan molekulalar sonining elektrolitning umumiy molekulalar soniga nisbati bilan ifodalanadi:

parchalangan molekulalar soni
α = umumiy molekulalar soni ,
α = Cdis
Cum

Elektrolitlar dissotsilanish darajasiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: kuchli va kuchsiz elektrolitlar.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin