Ajralib chiqayotgan ammiakni o‘tkir hididan, suv bilan nam- langan qizil lakmus qogozning ko‘karishidan bilish mumkin. Kimyoviy analizda ishlatiladigan hamma anorganik birikma- lardan faqat ammoniy tuzlari gaz holidagi ammiak NH
3 ni ajratib chiqaradi; shuning uchun ishqor bilan va harorat ta’sirida boradigan reaksiyalar ammoniy NH
4+ kationiga xos reaksi- yalardir.
Kaliy (II) geksotsianoferrat K3[Fe(CN
6)]
faqat Fe3+ kationi bilan to‘q ko‘k cho‘kma Fe
4[Fe(CN)
6]
3 hosil qiladi, shu sababli bu reaksiya Fe
3+ kationiga xos reaksiya hisoblanadi:
4
Fe3+ + 3[
Fe(
CN ) ]
−3 →
Fe [
Fe(
CN ) ] ↓
6 4 6 3
Analitik kimyoda ko‘pincha bir necha ionlar bilan o‘xshash nati- ja beradigan reaksiyalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Kamroq sondagi ionlar bilan bir xil natija beradigan reaksiyalar selektiv yoki tanlovchan reaksiyalar deyiladi. Masalan, Sa
2+ kationiga xos bo‘lgan reaksiya uning ammoniy oksalat (NH
4)2C
3O
4 eritmasi ta’sirida kalsiy oksalat CaC
2O
4 holida cho‘kmaga tushishidir:
Ca2+ +
C O2− →
CaCO ↓
2 4 2 4
Bu
reaksiya bittagina Сa2+ ga xos emas, chunki (NH
4)2C
2O
4 ham SaS
2O
4 ga o‘xshash boshqa kationlar, masalan, Ba
2+, Sr
2+,
Pb
2+, Zn
2+ va boshqalar bilan cho‘kma hosil qiladi, shu sababli bu reaksiya selektivdir. Shuning uchun
eritma tekshirilayotganda Сa2+ ni aniqlashga xalaqit beradigan kationlar ta’sirini yo‘qotish shart. Odatda, xalaqit beradigan kationlarni ajratib, keyin Sa
2+ ni topish uchun eritmaga (NH
4)2C
2O
4 ta’sir ettiriladi.