Analitik reaksiyalarning asosiy turlari
Analitik reaksiyalar kimyoviy jarayonlar bo‘lib, elementlarni ajratish, topish va miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi. Kim- yoviy o‘zaro ta’sirlanish xarakteriga qarab analitik reaksiyalar ham almashinish, biriktirib olish, parchalanish, ajratish, oksidlanish- qaytarilish reaksiyalariga bo‘linadi. Analiz uchun ko‘pincha al- mashinish reaksiyalaridan foydalaniladi. Misollar:
cho‘ktirish, ya’ni geterofazali reaksiyada qattiq faza – cho‘kma hosil bo‘ladi:
MgCl2 + NaOH =↓Mg (OH )2 + 2NaCl
Bu reaksiyaning teskarisi – cho‘kmaning erishi:
↓Mg (OH )2 + 2HCl = MgCl2 + 2H 2O
neytrallash reaksiyasi, ya’ni kislota va asoslar orasida bora- digan reaksiyalarda tuz va suv hosil bo‘ladi:
HCl + NaOH = NaCl + H 2O
d) gidrolizlanish reaksiyasi, ya’ni moddaning suv bilan o‘zaro reaksiyaga kirishishi:
KNO2 + H 2O ← → KOH + HNO2
Biriktirish reaksiyalaridan analitik kimyoda keng foydalanila- digani kompleks hosil qilish reaksiyasidir. Kompleks modda ikki- ta yoki ko‘proq oddiy birikmalarning assotsilanishi (birikishi) natijasida hosil bo‘ladi. Sharoitga qarab, kompleks birikmani tashkil qilgan moddalar alohida molekulalar holida bo‘lishi ham mumkin:
↓CuSO4 + 4NH3 → [Cu(NH3 )4 ]SO4
Kompleks ionlarining xossasi uni tashkil qilgan moddalar xos- salaridan keskin farq qiladi, shuning uchun kompleks hosil qilish reaksiyalari analitik aniqlashning hamma turlarida keng qo‘llaniladi:
elementlarni, ya’ni ionlarni topishda:
CoCl2 + 4NH 4OH = (NH 4 )2 [Co(SCN )]4 + 2NH 4Cl
ionlarni, masalan, Fe3+ va SO2+ ni bir-biridan ajratishda:
Fe3+ + 3NH OH = Fe(OH ) ↓+3NH +
4 3 4
Co2+ + 6NH OH = [Co(NH ) ]2+ + 6H O
4 3 6 2
cho‘kmalarni eritishda:
PbJ 2 + 2KJ = K2 [PbJ 4 ]
xalal beradigan qo‘shimcha ionlarni niqoblashda, masalan, tarkibida Cu2+ va Cd2+ ionlari bor moddaga H2S ta’sir ettirilgan- da Cu2+ ionni eritmada qoldirish uchun CN– ioni qo‘shiladi. U Cu2+ bilan barqaror kompleks ionlar holida bog‘lanadi:
4
Cu2+ + 4CN − = [Cu(CN ) ]−2
Shundan keyin Cd2+ ionini H2S ta’sirida topish mumkin. Ba’zi parchalanish reaksiyalarida gaz ajralib chiqadi:
H SO
t oC
H O + SO ↑
2 3 → 2 2
Bunday reaksiyalardan xalal beradigan ionlarni ajratishda, metall bo‘lmagan ionlarni topishda va miqdoriy aniqlash (volyu- metriya)da keng foydalaniladi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi elementlarni topish va miq- doriy aniqlash usullarining asosini tashkil qiladi. Bunday reaksi- yalar biror atom, molekula yoki ionning elektron qabul qilishi, ik- kinchi atomning elektron yo‘qotishi bilan sodir bo‘ladi:
2H2S + H 2CO3 = 2S ↓+3H 2O +CO2
1) H 2CO3 + 4H + + 4e =CO2 + 3H 2O
(qaytarilish)
2
2) H S − 2 e = S 2− + 2 H + (oksidlanish)
Dostları ilə paylaş: |