Miqdori aniqlanadigan element yoki birikmani qiyin eriydigan modda holida cho‘ktirish gravimetrik analizda eng muhim ish hisobla- nadi. Cho‘ktirishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun cho‘ktiruvchini to‘g‘ri tanlash, uni kerakli miqdorda olish, cho‘ktirish qoidalariga to‘liq rioya qilish, cho‘kish to‘liq amalga oshganligiga ishonch hosil qilish kerak. Cho‘ktiruvchi reagent hosil bo‘luvchi cho‘kmaga qo‘yiladigan talablarga qarab tanlanadi. Ma’lumki, cho‘kmaga qo‘yiladigan asosiy talab moddaning to‘liq cho‘kishidir. Masalan, Ba2+ ioni bir qator bir tipdagi kam eruvchan birikmalarni hosil qiladi:
BaCrO4 BaSO4
EK = 1, 2⋅10−10 , EK = 1,1⋅10−10
EKBaCO3
= 8,1⋅10−9 , EK
= 1, 6⋅10−8
BaC2O4
Demak, eruvchanlik ko‘paytmasining qiymati eng kichik bo‘lgani sababli gravimetrik analizda bariy ionini aniqlash uchun BaSO 4 tarzida cho‘ktirish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari cho‘ktiruvchi reagent uchuvchan modda bo‘lishi kerak. Cho‘k- tiruvchining miqdori aniqlanadigan element yoki birikmani qiyin eriydigan modda holida cho‘ktirish gravimetrik analizda eng muhim ish hisoblanadi. Cho‘ktirishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun cho‘ktiruvchini to‘g‘ri tanlash, uni kerakli miqdorda olish, cho‘ktirish qoidalariga to‘liq rioya qilish, cho‘kish to‘liq amalga oshganligiga ishonch hosil qilish kerak. Cho‘ktiruvchi reagent hosil bo‘luvchi cho‘kmaga qo‘yiladigan talablarga qarab tanlana- di. Ma’lumki, cho‘kmaga qo‘yiladigan asosiy talab moddaning to‘liq cho‘kishidir. Masalan, Ba 2+ ioni bir qator bir tipdagi kam eruvchan birikmalarni hosil qiladi: qolgan qismi cho‘kma qizdi- rilganda va cho‘kmalarni yuvish vaqtida uchib ketishi lozim.
Sulfatlar holida cho‘ktirish uchun, odatda, sulfat kislotadan H2SO 4 foydalaniladi, uning tuzlari cho‘ktiruvchi sifatida qo‘llanilmaydi, chunki K+ va Na + ionlari cho‘kmaga tushmaydi. Cho‘ktiruvchi reagentni cho‘ktiriladigan ion bilan tanlab ta’sirlanishiga ham alohida e’tibor berish kerak. Aks holda xalal
beruvchi ionlarni eritmadan yo‘qotish zarur bo‘ladi. Tanlab ta’sir etish borasida organik reagentlar alohida o‘rin egallaydi.
Hozir miqdoriy analizda, ayniqsa, rangli va og‘ir metallarning analizida cho‘ktiruvchi reagentlar sifatida organik reagentlardan keng foydalanilmoqda. Masalan, Al3+, Mg2+ ionlari 8– oksixinolin, Ni2+ ionlari, dimetilglikosim, So2+, γ – nitroza, β – naftol; siyrak elementlardan tantal, niobiy, titan va boshqalar tannin, pirogallol va boshqalar ta’sirida cho‘ktiriladi. Ni2+ ionlarining dimetilglioksim bi- lan reaksiyasi tenglamasi quyidagicha ifodalanadi:
Alizarin aluminiy gidroksid bilan «aluminiy laki» deb ataladi- gan to‘q qizil rangli qiyin eruvchan cho‘kma hosil qiladi. Uning formulasi quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: |