Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə20/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 1-rasm.

Analitik tarozilar


Tarozilar kimyoviy analizda ishlatiladigan asosiy asboblardan biri hisoblanadi. Analiz qaysi usul bilan bajarilmasin, uning nati- jasi tekshirilayotgan moddaning ma’lum miqdoriga keltirilishi, masalan, uning og‘irligiga nisbatan foizlarda ifodalanishi kerak. Shuning uchun analizni boshlashdan oldin moddaning tekshirish uchun kerakli miqdori tarozida tortib olinadi.
Miqdoriy analizning boshqa operatsiyalarida ham, masalan, cho‘kmaning og‘irligini topishda, konsentratsiyasi aniq bo‘lgan eritmalar tayyorlashda ham tarozidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Hozirgi vaqtda turli konstruktsiyadagi analitik tarozilar ishlab chiqarilgan. Ulardan eng ko‘p qo‘llaniladiganlari ВЛТ 200, ADV–
200 tipidagi tarozilardir (1–4-rasmlar).

  1. b)



1-rasm. Analitik tarozi (a) va ADV–200 tipidagi dempfer tarozi (b).



  1. rasm. Analitik tarozi toshlari. 3-rasm. ВA–200 tipidagi tarozi.



4-rasm. A–200 tipidagi tarozi. 6-rasm. Byuks.
Analitik tarozi BA–200 ning (1-rasm) asosiy qismi – shayin (teng yelkali richag) bo‘lib, vertikal strelka bilan ta’minlangan, tarozi pallalari tebranganda strelkaning pastki uchi kolonkaning pastki qismiga o‘rnatilgan darajalarga bo‘lingan shkala bo‘ylab harakat qiladi. Shayinning ikki uchida, markaziy prizmadan bir xil masofada qirralari yuqoriga qaragan ikkita boshqa prizma o‘rnatilgan. Tarozi pallalari ilgaklar yordamida shayinga osilib turadi, ishlamagan holatida maxsus moslama — arretir orqali qo‘zg‘almas holatda ushlab turiladi. Bu moslama dastasi soat strelkasiga teskari buralganda, moslama pastga tushadi, tarozi ish- lash holatida bo‘ladi.
Bu tarozilarda tortish mumkin bo‘lgan maksimal og‘irlik 200 g. Analitik tarozi toshlari maxsus qutichaga solib qo‘yiladi (2-rasm). Qutichada 50, 20, 10, 5, 2, 1 g massali tarozi toshchalari bilan bir qatorda 10 mg dan 990 mg gacha mayda toshchalar ham bo‘ladi. Mayda toshlarni pallaga qo‘yish uchun tarozida avtomatik asbob bor. Bu tarozi qutisining o‘ng tomoni tashqarisiga o‘rnatilgan du- maloq dasta orqali har ikki tomonga buraladigan ikkita tashqi va ichki diskdan iborat moslamadir. Tarozida 100 mg dan 900 mg gacha bo‘lgan toshchalar plastinka shaklida va 10 mg dan 90 mg gachasi halqachalar shaklida bo‘ladi.
Strelkaning shkaladagi holatini ko‘rsatuvchi veytograf asbobi – tarozi strelkasiga mahkamlangan mikroshkalaning kattalashtiril- gan tasvirini yorug‘ ekranda ko‘rsatuvchi optik moslama yorda- mida milligramm va uning ulushlari hisoblab topiladi.
Moddani to‘g‘ridan to‘g‘ri tarozi pallasiga qo‘yish aslo yara- maydi, chunki bunda tarozi buziladi. Shuningdek, moddani qog‘oz varag‘iga solib tortish ham yaramaydi; tortiladigan modda byuks deb ataladigan va qopqog‘i silliqlangan stakanchaga (byuks- ga) yoki soat oynasiga (5–6-rasmlar), tigelga, probirkaga va bosh- qa idishlarga solib tortiladi.
Tortish natijalari to‘g‘ri bo‘lishi uchun tortilayotgan buyumning harorati tarozi harorati bilan bir xil bo‘lishi lozim. Tortiladigan buy- umning harorati tarozi haroratiga kelishi uchun buyumni tarozi yoniga kamida 20 minut qo‘yib qo‘yish kerak. Qo‘yib qo‘yilgan buyum havodan sezilarli miqdorda suv bug‘ini o‘ziga shimib olmas- ligi va natijada og‘irligi oshmasligi uchun u eksikatorga qo‘yiladi.



7-rasm. Eksikator.
Kimyo laboratoriyasida oddiy va BA–200 analitik taro- zilardan tashqari ADV–200 dempferli tarozilar ham ishlatiladi. Bu xil tarozilar tuzilishining eng asosiy xususiyati shundan ibo- ratki, ularda tarozi strelkasining tebranishini tez to‘xtatuvchi havoli tinchlatgich (dempfer)lar bo‘ladi. Bu tarozilarda mayda toshlarni qo‘yish uchun avtomatik asbob va strelkaning shkala- dagi holatini ko‘rsatuvchi maxsus moslama ham bor. Dempfer- lar aluminiydan yasalgan ichi kovak silindrlar bo‘lib, usti qopqoq bilan yopilgan, past tomoni esa ochiq bo‘ladi. Bu silindrlar il- moqlar yordamida osib qo‘yiladi va tarozi pallalarining tepasida turadi. Dempfer silindrlar diametri unga qaraganda kattaroq bo‘lgan usti ochiq va pasti berk ikkita aluminiy silindrning ichi- ga kirib turadi. Tashqi silindrlar tarozi kolonkasiga (ustuniga) qo‘zg‘almaydigan qilib mahkamlangan bo‘ladi. Arretir tushiril- ganda tarozi shayini va pallalari bilan birlikda dempfer silindr- lar ham harakatlanib, tashqi silindrning ichiga kiradi yoki tash- qi silindrdan chiqadi. Buning natijasida havo tormozlanishi hosil bo‘lib, tarozi pallalarining tebranishi tezda to‘xtaydi. Bu vaqtda tarozining strelkasi nolinchi nuqtaga (tarozi pallasida yuk bo‘lsa muvozanat nuqtasiga) to‘g‘ri keluvchi biror holatda to‘xtab qoladi.
Shayinning o‘ng tomonidagi halqaga shayinga perpendikular qilib gorizontal planka o‘rnatilgan. Og‘irligi 10 mg dan 990 mg gacha bo‘lgan halqa shaklidagi mayda toshlar bu planka ustiga ilib qo‘yiladi. Mayda toshlar planka ustiga tarozi shkafining o‘ng tomoni tashqarisiga o‘rnatilgan diskli dastani burab osiladi. Disk-
li dasta har ikki tomonga buraladigan ikkita diskdan iborat bo‘lib, bu disklarga raqamlar yozilgan bo‘ladi. Tashqi diskni burash bilan plankaga 100, 200, 300, ... 900 mg toshlarni osib qo‘yish mumkin.
Bu esa tarozining o‘ng pallasiga 0,1, 0,2, 0,3 ... 0,9 g og‘irlikdagi toshni qo‘yish bilan baravar. Xuddi shu yo‘l bilan kichik diskni burab plankaga 10, 20, 30, ... 90 mg li toshlar osib qo‘yiladi, ya’ni tarozining o‘ng pallasiga grammning yuzdan bir ulushlari qo‘yiladi.
Analitik tarozida og‘irlikni o‘lchash uchun yangi modeldagi BAO–200, A–200 tipdagi elektromagnit avtotarozilar ham tat- biq qilinadi. Ularning tortish aniqligi 200 g yuk qo‘yilganda 0,1 mg gacha, 100 g gacha yuk qo‘yilganda 0,01 mg gacha va 20 g gacha yuk qo‘yilganda 0,001 g gacha bo‘ladi va h.k. (3–4-rasm- lar).
O‘lchash operatsiyasi juda sodda va 15 sekunddan ortiq vaqtni egallamaydi. O‘lchanadigan predmet (narsa) tarozi idishiga soli- nib, eshigi yopiladi, tarozi ishga tushiriladi va 10–15 sekunddan keyin tarozi shkalasida hamma og‘irlikni ko‘rsatadigan son paydo bo‘ladi.
Bunday tarozilarda o‘lchashda o‘lchash xatosi yuqorida ko‘r- satilgan tarozilardagidan katta bo‘lmaydi.

    1. Yüklə 3,86 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin