Kimyoviy analiz fani boshqa fanlar qatori yirik fanlardan biri hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda bu fan kundalik amaliy ishlar bilan ham chambarchas bog‘langan. Kimyoviy analiz ma’lumotlari bo‘lmasa, xomashyo yoki mahsulot tarkibidagi asosiy komponent- lar va qoldiqlar miqdori haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin bo‘lmaydi. Iqtisodiy va boshqa zarur masalalarni hal qilishda ham kimyoviy analiz natijalari talab qilinadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining kimyoviy analiz dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, unda mazkur fanning na- zariy asoslari hozirgi ilg‘or pedagogik g‘oyalar hamda materiallar- ni e’tiborga olib yozilgan.
O‘quv qo‘llanma uch bobdan iborat bo‘lib, birinchi bob miq- doriy analizning kimyoviy usullariga bag‘ishlangan. Unda kimyo- viy analizni bajarishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bufer ara- lashmalar, ularning tarkibi, turlari va ta’sir mexanizmi tushuntirilgan. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarga katta ahami- yat berilgan. Gravimetrik va titrimetrik analiz nazariyalari keng yoritilgan.
O‘quv qo‘llanmaning ikkinchi va uchinchi boblari hajmiy ana- liz va miqdoriy analizning zamonaviy fizik-kimyo analiz usullari- ga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda analizning elektrokimyoviy, optik va xromatografik usullari keng yoritib berilgan.
Har qaysi bobning oxirida o‘z-o‘zini sinab ko‘rish uchun qo‘shimcha savollar keltirilgan. Ular ushbu bob materiallarni o‘zlashtirishda yordam beradi.
Muallif o‘quv qo‘llanma qo‘lyozmasini ko‘rib chiqib, o‘zlarining qimmatli maslahatlarini bergan dotsent Z. Smanova va dotsent B.O. Obidovga o‘zining chuqur minnatdorchiligini bil- diradi.