Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


-rasm. Chinni kosacha va tumshuqli stakan. 1.2-rasm



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə7/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

1.1-rasm. Chinni kosacha va tumshuqli stakan. 1.2-rasm. Tigel.


Tomchi analiz. Bu usul 1920-yili N.A. Tananayev tomonidan yaratilgan bo‘lib, tajriba o‘tkazishda shisha yoki chinni plas- tinkalardan foydalaniladi. Plastinkaga bir tomchi tekshirilayotgan eritma va bir tomchi reaktiv tomizilganda reaksiya natijasida cho‘kma hosil bo‘ladi yoki plastinkada rangli dog‘ paydo bo‘ladi. Rang hosil qiluvchi tomchi reaksiyalar filtr qog‘ozlarda ham o‘tkaziladi. Aniqlanayotgan ionlarning adsorbsion xossalari turli- chaligi tufayli bir yo‘la 2–3 xildagi rangli halqalar hosil bo‘lishi va, demak, 2–3 xil ionlarni ajratish mumkin.
Tomchi reaksiyalari metall va qotishmalarni «qirindisiz usul- da» analiz qilishda keng qo‘llaniladi. Bu usulda tekshirilayotgan namunani maydalash shart emas. Masalan, qotishma tarkibida temir borligini aniqlash uchun unga xlorid kislota NSl tomiziladi, bunda qotishmaning yuzasi eriydi. Hosil bo‘lgan eritma shisha plastinkaga olinadi va unga bir tomchi kaliy geksasianoferrat (III)
K3[Fe(CN)6] qo‘shiladi. Ko‘k rang hosil bo‘lishi namunada temir
(II) borligini ko‘rsatadi.
Tomchi usuli juda seziluvchanligi, tanlovchanligi va maxsusli- gi bilan ajralib turadi. Tomchi reaksiyalar orqali kerakli ionni bir necha boshqa ionlar ishtirokida aniqlash mumkin.
Mikrokristalloskopik analiz. Bunda reaksiyalar shisha plastin- kalarda o‘tkaziladi. Plastinkaga bir tomchidan tekshirilayotgan eritmadan va aniq reaktivdan tomiziladi. Vaqt o‘tishi bilan hosil bo‘lgan kristallarni mikroskop ostida ko‘rib, shakli va rangiga asosan tarkibidagi kation va anion aniqlanadi. Masalan, Na+, Mg2+, Sa2+ va boshqa kationlarni mikrokristalloskopik usulda aniqlash mumkin.
Bu usulda mikroskop ishlatilganligi tufayli kam miqdordagi moddalarni ham aniqlash mumkin. Mikrokristalloskopik reaksi- yalar ishlab chiqarishda ham qo‘llaniladi, lekin tekshirilayotgan eritmadagi begona komponentlar kristallari xalaqit berishi tufayli kerakli ionni aniqlash qiyin bo‘ladi. Bu usullarning hammasida ham turli xil asboblar ishlatiladi. Analitik reaksiyalarni bajarishda ishlatiladigan asboblar 1.3–1.4-rasmlarda keltirilgan.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin