1.3 rasm. Sentrifuga. 1.4 rasm. Reaktivlar qo‘yiladigan shtativ.
1.5-rasm. 1.6-rasm. 1.7-rasm. 1.8-rasm.
Tigel tutgich. Sentrifuga Probirkalar. Tomizgich pipetkalar. probirkasi.
1.9 rasm. Stakan va kolba. 1.10 rasm. Yuvgichlar.
1.11-rasm. Voronkalar: a – oddiy shisha voronka;
b – chinni voronka; d – Shotta voronkasi; e – va- kumda filtrlash voronkasi.
|
1.12-rasm.
Soat oynasi.
|
1.13. rasm. Shisha plastinka. 1.14. rasm. Probirkalar uchun shtativ.
Sifat analizini bajarishda ishlatiladigan reaktivlar umumiy va o‘ziga xos reaktivlarga bo‘linadi. Agar qo‘shilayotgan reaktiv erit- madagi bir necha ion bilan ta’sirlashsa, u holda bu umumiy reak- tiv, reaksiyasi esa umumiy reaksiya deyiladi. Bunday reaksiyalar, asosan, cho‘ktirishda qo‘llaniladi. Masalan, Cl, Br–, J– anion- larini cho‘ktirish uchun sifat analizida Ag+ kationidan foydalani- ladi, natijada AgCl, AgBr, AgJ cho‘kmalari hosil bo‘ladi. Umumiy reaksiyalar yordamida tekshirilayotgan eritmada biror guruh ion- lari borligi va ularni boshqa elementlardan ajratish mumkinligi
haqida xulosa qilish mumkin. Shuning uchun umumiy reaksi- yalarni ajratish (bo‘lish) reaksiyalari ham deyishadi.
Eritmadagi izlanayotgan ionni aniqlash uchun ishlatiladigan reaktiv o‘ziga xos reaktiv, reaksiya esa shu ionga xos yoki aniqlash reaksiyasi deb ataladi. Masalan, Fe2+ kationiga xos reaksiya uning kaliy geksatsianoferrat K3[Fe(CN6)] bilan o‘zaro reaksiyasidir. Bunda eritmada faqat Fe2+ bo‘lgan taqdirda ko‘k cho‘kma hosil bo‘ladi. Demak, K3[Fe(CN6)] reaktivi Fe2+ kationiga xos reak- tivdir.
Dostları ilə paylaş: |