Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


Sifat reaksiyasiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə9/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Sifat reaksiyasiga qo‘yiladigan talablar


Ionlarni aniqlashda va ularni bir-biridan ajratishda hamma kimyoviy reaksiyalarni ham qo‘llab bo‘lmaydi. Sifat analizini o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan reaksiyalar quyidagi talablarga javob berishi zarur:

  1. reaksiyalar katta tezlik bilan borishi;

  2. reaksiyalar qaytmas bo‘lishi;

  3. reaksiyalar tashqi effekt bilan, ya’ni eritma rangining o‘zgarishi, cho‘kmaga tushish (yoki erish), gaz holidagi moddalar ajralishi va alanga rangining o‘zgarishi bilan borishi lozim;

  4. reaksiya seziluvchanligi va o‘ziga xosligi bilan ajralib turishi kerak.

Sifat reaksiyalarini amalga oshirish sharoitlari


Sifat analizini amalga oshirish uchun muayyan sharoit yaratish kerak. Aks holda reaksiya natijasi noto‘g‘ri bo‘ladi.

  1. Eritmaning muhiti ko‘zlangan maqsadga mos kelishi kerak. Masalan, kislotalarda eriydigan cho‘kma hech qachon kislotali muhitda ajralmaydi. Ishqorlarda eriydigan cho‘kma hech qachon ishqoriy muhitda ajralmaydi; aksincha, uni faqat neytral muhitda payqash mukin.

  2. Aniqlanilayotgan ion yetarli konsentratsiyaga ega bo‘lishi zarur. Juda kichik konsentratsiyalarda ionni aniqlash reaksiyasi ba’zan to‘xtab qoladi. Ma’lumki, modda cho‘kmaga tushishi uchun eritma konsentratsiyasi uning eruvchanligidan yuqori bo‘lishi kerak.

  3. Eritmaning harorati. Harorat ko‘tarilishi bilan cho‘kmaning eruvchanligi oshadi va eritma qizdirilganda cho‘kma kam qoladi.

Bunday reaksiyalarni faqat sovuq sharoitda yoki xona haroratida bajarish lozim.
Ionlarning o‘ziga xos reaksiyalari. Alohida ionlarni aniqlashda ularning o‘ziga xos reaksiyalari muhim ahamiyatga ega.
Ionlarning o‘ziga xos reaksiyalari biror ionni boshqa ionlar ishtirokida ham aniqlashga imkon beradigan reaksiyalardir. Masa- lan, ammoniy kationi NH4+ ni aniqlashda ammoniy tuzlariga o‘yuvchi ishqorlar NaOH yoki KON qo‘shib qizdirilganda gaz holdagi ammiak ajralib chiqadi:


4
NH + +OH
°

t C
 →
NH3 ↑+H 2O

Ajralib chiqayotgan ammiakni o‘tkir hididan, suv bilan nam- langan qizil lakmus qogozning ko‘karishidan bilish mumkin. Kimyoviy analizda ishlatiladigan hamma anorganik birikma- lardan faqat ammoniy tuzlari gaz holidagi ammiak NH3 ni ajratib chiqaradi; shuning uchun ishqor bilan va harorat ta’sirida boradigan reaksiyalar ammoniy NH4+ kationiga xos reaksi- yalardir.
Kaliy (II) geksotsianoferrat K3[Fe(CN6)] faqat Fe3+ kationi bilan to‘q ko‘k cho‘kma Fe4[Fe(CN)6]3 hosil qiladi, shu sababli bu reaksiya Fe3+ kationiga xos reaksiya hisoblanadi:
4Fe3+ + 3[Fe(CN ) ]3Fe [Fe(CN ) ] ↓
6 4 6 3
Analitik kimyoda ko‘pincha bir necha ionlar bilan o‘xshash nati- ja beradigan reaksiyalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Kamroq sondagi ionlar bilan bir xil natija beradigan reaksiyalar selektiv yoki tanlovchan reaksiyalar deyiladi. Masalan, Sa2+ kationiga xos bo‘lgan reaksiya uning ammoniy oksalat (NH4)2C3O4 eritmasi ta’sirida kalsiy oksalat CaC2O4 holida cho‘kmaga tushishidir:
Ca2+ +C O2 CaCO
2 4 2 4
Bu reaksiya bittagina Сa2+ ga xos emas, chunki (NH4)2C2O4 ham SaS2O4 ga o‘xshash boshqa kationlar, masalan, Ba2+, Sr2+,
Pb2+, Zn2+ va boshqalar bilan cho‘kma hosil qiladi, shu sababli bu reaksiya selektivdir. Shuning uchun eritma tekshirilayotganda Сa2+ ni aniqlashga xalaqit beradigan kationlar ta’sirini yo‘qotish shart. Odatda, xalaqit beradigan kationlarni ajratib, keyin Sa2+ ni topish uchun eritmaga (NH4)2C2O4 ta’sir ettiriladi.

Xalaqit beradigan ionlarni ertmadan ajratish yo‘li bilan emas, balki ularni niqoblash yo‘li bilan yo‘qotish mumkin. Niqoblash uchun noorganik birikmalardan sianid-, rodanid-, ftorid-, fosfat-, oksalatlar eritmalari va boshqalar ishlatiladi. Xalaqit beradigan ionlarni niqoblashda organik birikmalardan vino kislota, limon kislota va boshqalar ishlatiladi.
Masalan, Co2+ kationini topishda tekshirilayotgan eritmaga ammoniy rodanid NH4CNS ta’sir qilinganda ko‘k rang hosil bo‘lishi eritmada Co2+ kationi borligini bildiradi:

4
Co2+ + 4CNS → [Co(CNS ) ]2
Bu reaksiyaga eritmadagi Fe3+ kationi xalaqit beradi, chunki Fe3+ kationi bilan ta’sirlashgan ammoniy rodanid qizil rangli Fe(CNS)3 hosil qiladi, Co2+ borligi tufayli hosil bo‘lgan ko‘k rang esa bilinmay qoladi. Shuning uchun Fe3+ ni niqoblash maqsadida tekshirilayotgan eritmaga, masalan, natriy ftorid kushiladi. Nati- jada rangsiz barqaror kompleks anion [FeF6]3– hosil bo‘ladi va u Co2+ ni aniqlashga xalaqit bermaydi:

6
Fe3+ + 6F → [FeF ]3

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin