Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


Reaksiyalarning sezgirligi



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə10/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Reaksiyalarning sezgirligi. Foydalaniladigan reaksiyalar yetarli sezgirlikka ega bo‘lishi kerak. Reaksiya sezgirligi katta deganda uning minimal konsentratsiyada ham sodir bo‘lishi tushuniladi.
Izlanayotgan ionning topilishi mumkin bo‘lgan eng kichik konsentratsiya minimal konsentratsiya deyiladi.
Reaksiyaning sezgirligi miqdoriy jihatdan topilish minimumi va suyultirish chegarasi bilan ifodalanadi. Topilish minimumi modda yoki ionning shu sharoitda topilishi mumkin bo‘lgan eng kam miqdoridir. Analitik kimyoda topilish minimumi gramm- ning milliondan bir ulushi bilan o‘lchanadi. (0,0000012—1 mKg) Masalan, K+ kationning natriy geksakobaltinitrit (III) Na3[Co(NO2)6] bilan reaksiyasidagi topilish minimumi 4 mkg ga teng, ya’ni K+ kationini eritmada aniqlash uchun uning miqdori 4 mkg dan kam bo‘lmasligi kerak. Aks holda suyultirish chegarasi oshib ketadi.
Suyultirish chegarasi aniqlanayotgan 1 g miqdordagi ionda bo- radigan reaksiya sezilarli bo‘lishi uchun eritmani ko‘pi bilan qan-
chagacha suyultirish mumkinligini ko‘rsatadi. Masalan, K+ ka- tionni aniqlash reaksiyasida unga Na3[Co(NO2)6] ta’sir ettirilganda sariq rangli kristall cho‘kma K2Na[Co(NO2)6] hosil bo‘ladi. Bu reaksiyada suyultirish chegarasi 1:50000 deb faraz qilaylik; bu shuni ko‘rsatadiki, K+ kationini aniqlash uchun 50000 sm3 (50 l) eritmada kamida 1 g kaliy kationi bo‘lishi kerak. Reaksiya sezgirligining ortishi birinchi navbatda tekshirilayot- gan eritmada ion konsentratsiyasining ko‘payishi bilan bog‘liq. Shuning uchun juda suyultirilgan eritmalar aniqlash reaksiyasi boshlangunga qadar suvli vannada bug‘latiladi. Reaksiyaning sez- girligi haroratga, eritmaning muhitiga va tekshirilayotgan eritma-
da boshqa komponentlar borligiga ham bog‘liq.

    1. Kimyoviy analiz laboratoriyasida ishlash tartibi Laboratoriyada ishlash tartibi. Sifat va miqdoriy analizdan

laboratoriya ishlari o‘tkazgan talabalar kimyoviy eksperiment asoslarini, texnikasini va kelgusida boshqa laboratoriyada ishlash- ni o‘zlashtirib oladilar. Shuning uchun kimyoviy analiz labora- toriyasida ishni boshlashdan oldin o‘quvchilar ish tartibini o‘zlashtirishlari kerak, bu esa hamma kimyoviy laboratoriyalar uchun umumiydir.

  1. Laboratoriyada ish boshlashdan oldin o‘quvchilar toza xalat kiyib, darslikdan berilgan ishni bajarish uslubi bilan tanishib chi- qishlari kerak.

  2. Ishlash vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish zarur.

  3. Ish vaqtida tartibni saqlash, ish joyida va laboratoriyada tozalikka rioya qilish shart.

  4. Ish joyini keraksiz narsalar (sumka, idish, keraksiz uskuna- lar va b.) bilan qalashtirib yubormaslik kerak.

  5. Reaktivlarni idishlarda toza holda saqlash lozim, reaktivli idishlar og‘zini ochiq qoldirish man etiladi. Ishlatilgandan so‘ng reaktivli idishlarni yopib, shtativdagi o‘z joyiga qo‘yish kerak.

  6. Gaz va tutun ajralib chiqishiga aloqador reaksiyalar mo‘rili shkafda olib borilishi shart.

  7. Reaktivlarni, gaz, suv va elektr energiyasini tejab ishlatish kerak.

  8. Ishlatilgan ishqor, kislotalar, simob birikmalarini va boshqa zaharli moddalarni kanalizatsiyaga oqizish man etiladi. Ular alo- hida ajratilgan idishga yig‘iladi.

    1. Yüklə 3,86 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin