Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


Miqdoriy kimyoviy analiz usullari



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə13/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Miqdoriy kimyoviy analiz usullari


Kimyoviy analiz usullariga quyidagilar kiradi: 1) tortma (gravi- metrik) analiz; 2) hajmiy (titrimetrik) analiz; 3) gaz analizi. Miq- doriy analizda ham sifat analizida qo‘llaniladigan ionlar reaksi- yasidan foydalaniladi. Masalan, agar xlorning (to‘g‘rirog‘i, xlorid ionining) miqdorini aniqlash kerak bo‘lsa, u eritmadan kumush ioni ta’sirida cho‘ktiriladi:
NaCl + AgNo3 = AgCl↓+NaNO3
Cl +Ag+=AgC1
Moddadagi xlor miqdorini turli usullar bilan aniqlash mumkin. Xlor miqdorini tortma analiz usulida aniqlash uchun tekshirilayot- gan modda namunasi analitik tarozida tortiladi, so‘ngra namuna eritmaga o‘tkaziladi va unga kumush tuzining biror eritmasini ta’sir ettirib, xdorid ion kam eriydigan birikma holida cho‘ktiriladi. So‘ngra cho‘kma filtrlanib eritmadan ajratiladi, suv bilan yuvila- di, doimiy massaga kelguncha quritiladi va analitik tarozida torti- ladi. Cho‘kmaning massasini bilgan holda zaruriy komponentning foiz miqdori hisoblab topiladi.
Masalan, 0,0536 g NaCl ga AgNO3 eritmasi ta’sir ettirilganda 0,1290 g cho‘kma tushgan. AgNO3 ning bir gramm molekulasida (ya’ni 143,3 g) bir grammatom (ya’ni 35,46 g) xlor borligini hisob- ga olib, shunday yozish mumkin:
143,3 g AgCl tarkibida 35,46 g xlor bor. 0,1290 g AgCl tarkibida x g xlor bor.
x = 0,1290⋅35, 46 = 0, 03193 g
143,3
Xlorning topilgan miqdorining hammasi avval analiz uchun tortib olingan osh tuzi NaCl ning tarkibida ekanligini e’tiborga olib, osh tuzidagi xlorning foiz miqdorini hisoblash oson:
0,0536 g NaCl da — 0,03193 g xlor bor. 100 g NaCl da — y g xlor bor.
y = 0, 03193⋅100 = 59,6%
0, 0536
Reaksiya (1) asosida xlorni boshqa usul — titrlash usuli bilan ham aniqlash mumkin. Bunda C1 ionlarini cho‘ktirish uchun konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan reaktivdan qancha sarflanganiga qarab namunadagi xlor miqdori aniqlanadi.
Reaktivning aniq konsentratsiyali eritmasining reaksiya uchun sarflangan hajmini aniq o‘lchashga asoslangan analiz usuli hajmiy analiz deyiladi. Hajmiy analizda tarkibi tekshirilayotgan eritmaga reaktiv eritmasidan ekvivalent miqdorda sarflanadi. Ularning ek- vivalentlik nuqtasi indikator yoki boshqa usullar yordamida aniq- lanadi. Masalan, sarflangan aniq konsentratsiyali ishqor eritmasi-
ning hajmini bilgan holda tekshirilayotgan eritmadagi kislota konsentratsiyasini hisoblab topish mumkin. Ularning ekvivalentik nuqtasi indikator (masalan, fenolftalein) yordamida aniqlanadi.
Hajmiy analiz usulining muhim afzalligi shundaki, bu analizni bajarish uchun 15–20 minut vaqt talab qilinadi (tortma analizni bajarish uchun 5–6 soat vaqt sarflanadi). Shuning uchun amalda, masalan, ishlab chiqarishni kimyoviy nazorat qilishda hajmiy analiz katta ahamiyatga ega.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin