Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


Suvning ionlanishi. Vodorod ko‘rsatkich



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə17/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Suvning ionlanishi. Vodorod ko‘rsatkich


Analitik kimyoda qo‘llaniladigan reaksiyalar ko‘pincha suvda- gi eritmalarda olib boriladi. Suv kuchsiz elektrolit bo‘lib, juda kam darajada dissotsilanadi:

H2OH++OH
Suvning ionlanish darajasi juda kichik. Masalan, 25°C da 1 l
suvning 1:10000000 (yoki 10–7) moligina ionlarga ajraladi.
Modomiki, H2O ning 10–7 molekulasidan ionlanish natijasida bittadan H+ va OH ionlari hosil bo‘lar ekan, ularning toza suv- dagi kontsentratsiyasi
[H+]=[OH]=10–7 g – ion/l
bo‘ladi.
H2O ning ionlarga ajralish jarayonini boshqa kuchsiz elek- trolitlardagidek tegishli ionlanish konstantasining qiymati bilan ifodalash mumkin:

K muv = Kdis =
H + OH
H 2O

Ionlanish konstantasining qiymatini hisoblash qiyin emas. Ma’lumki, 1 l suvning (25°C da) og‘irligi 997 g. H2O ning mole- kulyar og‘irligi 18,02 ga to‘g‘ri keladi. 1 l suvda H2O ning mollar
997
soni 25°C da [H2O]= 18, 02 = 55,37 moll bo‘ladi. Bundan:

[H2O] =


997


18, 02

= 55,37



H2O ni o‘ng tomonga o‘tkazib, tenglamani soddalashtiramiz:



K muv
H + OH
=
H 2O
10−14
= = 1,8⋅1016
55,37

Suv deyarli ionlanmagan molekulalar holida bo‘lgani uchun ionlanish darajasining har qanday o‘zgarishi ham suv molekula- larining konsentratsiyasiga juda kam ta’sir qiladi. Shuning uchun yuqorida tenglamada keltirilgan [H2O] ning miqdori amalda o‘zgarmas deb hisoblanadi. Shu bilan birga Kmuv ning miqdori ham o‘zgarmasdir. Demak, hosil bo‘lgan tenglamaning o‘ng tomoni, [H+]•[OH] ko‘paytma ham o‘zgarmas sondir. Bu o‘zgarmas miqdor suvning ion ko‘paytmasi deyiladi va Kno bilan ifodalanadi. Shunday qilib, [H+]•[OH]=KH2O•25°C da toza suvda [H+]•[OH]=10–7, demak, shu haroratda


2
KH O=10–7•10–7=10–14. Harorat ko‘tarilganda KH2O miqdori tez oshadi.
[H+]•[OH]=KH2O tenglamaning ma’nosi quyidagicha: H+ yoki OH ionlarining konsentratsiyasi qanchalik o‘zgarmasin, ularning ko‘paytmasi har qanday suvli eritmada 25°C da 10–14 ga teng o‘zgarmas qiymatga ega bo‘ladi.
Agar toza suvga biror kislota qo‘shib, eritmadagi H+ ionlari kontsentratsiyasi 10–7 dan qancha oshirilsa, [OH] ionlari kon- sentratsiyasi o‘shancha kamayadi va 10–7 dan kam bo‘lib qoladi. Demak, kislotali eritmada:
[H+] > 10–7> [OH]
Xuddi shunga o‘xshash ishqoriy eritmalarda:
[OH] > 10–7> [H+]
Neytral eritmalarda esa:
[H+] = [OH] = 10–7
Demak, har qanday suvli eritmada uning muhiti qanday bo‘lishidan qatiy nazar, H+ ionlari ham, OH ionlari ham bo‘lishi kerak.
H+ ionlarining konsentratsiyasi 1 dan kichik bo‘lgan hollarda bu qiymatning manfiy logarifmidan foydalanish qulay, u vodorod ko‘rsatkich deb ataladi va pH bilan ifodalanadi:
pH = –lg[H+]
[H+]=10–4 bo‘lganda, pH = –lg[H+]=–(–4)=4. Agar [H+]=5•10–10 bo‘lsa, pH=lg 5•10–10=–(0,70–10)=9,30 bo‘ladi.
Birinchi eritma (pH=4) da [H+] qiymati 10–7 dan katta bo‘lgani uchun kislotali muhitga ega. Ikkinchi eritma pH=10 da [H+] ning qiymati 10–7 dan kichik bo‘lgani uchun bu eritma ishqoriy muhitga ega bo‘ladi.
Demak, kislotali eritmalarda pH<7, ishqoriy eritmalarda esa pH>7 va neytral eritmalarda pH=7 bo‘ladi. pH kamayishi bilan eritmaning kislotaligi ortadi, pH ortishi bilan esa ishqoriylik ham ortib boradi. Masalan, pH=2 bo‘lganda eritmaning muhiti pH=4 bo‘lgandagiga nisbatan ancha kislotali bo‘ladi, chunki bi-rinchi holda [H+] ionlarining konsentratsiyasi (10–2), ikkinchisi (10–4) ga qaraganda 100 marta ortiq. Shunga o‘xshash, pH=12 bo‘lganda
eritmaning muhiti pH=9 ga qaraganda ancha ishqoriydir. Ha- qiqatan ham birinchi holda OH ionlarining konsentratsiyasi:

10−14


H +
10−14
= = 102
10−12

Ikkinchi holda esa u kichik.
10−14
10−9


= 105

ga teng, ya’ni 1000 marta



pH to‘g‘risidagi aytilganlarni quyidagi sxemada ko‘rsatish mumkin:
pH eritmaning muhiti

kuçchl¸i 1 2 3
k ucçhsi¸z 4 5 6
kucçhsiz¸
7 8 9 10
ku_çchli ¸
11 12 13 14

←  
kislotali
 →
neytral ishqoriy

Bu sxemada pH ning chetki qiymatlari taxminan 1n HCl erit- masidagi (pH=0) va NaOH ning 1 n eritmasidagi (pH14) vodo- rod ionlarining konsentratsiyasiga to‘g‘ri keladi. pH<0 bo‘lgan kislotali eritmalar va pH>14 bo‘lgan ishqoriy eritmalar ham bo‘lishi mumkin, lekin eritmalarning kislotali yoki ishqoriyligini 1 l eritmadagi kislota yoki ishqorning mollar soni bilan ifodalash qabul qilingan.
Vodorod ko‘rsatkich bilan bir qatorda ba’zan gidroksil ko‘rsatkich pON ham qo‘llaniladi:
pOH = –lg[OH]
Agar [H+]•[OH]=10–14 m tenglamani logarifmlasak va lo- garifm belgilarini ularning teskari ishoralari bilan almashtirsak:
lg [H+]+lg [OH]=lg [10–14]
–lg [H+]+(–lg [OH])=14 lg10
pH+pOH=14(25°C da) yoki pH=14–pOH.
Eritmadagi pH ning qiymati kislotali va ishqoriy eritmalarda rangi turlicha bo‘ladigan maxsus reaktivlar — indikatorlar yor- damida aniqlanadi.
Har xil masalalarni yechishda [H+] ni pH ga va aksincha, pH ni [H+] ga aylantirib hisoblashga to‘g‘ri keladi. Xuddi shunga

o‘xshash ba’zan biror kislota yoki asosning pH qiymatini hisob- lashga to‘g‘ri keladi va hokazo.
Bunday hisoblashlar bilan bir necha misolda tanishib chiqamiz.

  1. misol. Eritmada [H+] ionlarining konsentratsiyasi 5•10–4 ga teng. Eritmaning pH va pOH ni aniqlang.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin