Anorganik moddalarni sifat analizi qilishning asosiy vazifasi tekshirilayotgan moddaning kimyoviy tarkibini va undagi kation hamda anionlarni aniqlashdan iborat. Sifat analizi ham kimyoviy, fizikaviy hamda fizik-kimyoviy usullar bilan olib boriladi.
Sifat analizi kimyoviy usulda olib borilganda tekshirilayotgan moddada borligi taxmin qilingan komponent (atom, ion, moleku- la) dastlab har xil kimyoviy usullar bilan boshqa birikmaga o‘tkazilib, cho‘kmaga tushiriladi, rangli eritma hosil qilinadi, gaz ajratib chiqaradi (va boshqalar). So‘ngra shular tarkibidan tek- shirilayotgan komponent aniqlanadi.
4
4
Masalan, tekshirilayotgan eritmadan SO – ionini topish uchun u dastlab BaSO4 ko‘rinishda cho‘kmaga o‘tkaziladi, hosil bo‘lgan cho‘kma BaSO4 HNO3 da ham erimaydi, shuning uchun tek- shirilayotgan eritmaga HNO3 va BaC12 qo‘shiladi. Bunda SO – ioni bilan quyidagi reaksiya boradi:
4
4
Ba2++ SO2−= BaSO ↓
Agar Cu2+ borligi taxmin qilingan eritmaga NH4OH eritma- sidan ortiqcha miqdorda qo‘shsak, eritma ko‘k rangga kiradi, kompleks tuz hosil bo‘ladi:
Cu2++ 4NHOH= [Cu(NH) ]2++ 4HO 4 3 4 2
Demak, Cu2+ kationini NH4OH eritmasi yordamida aniqlash mumkin.
Eritmalarda ionlarni topish uchun kuzatilishi oson bo‘lgan tashqi effekti o‘zgarishi bilan (masalan, eritma rangining o‘zgarishi, cho‘kma tushishi yoki erishi, gaz chiqishi) boradigan reaksiyalar qo‘llaniladi. Bunda ro‘y beradigan kimyoviy o‘zgarishlar analitikreaksiyalar deb ataladi.
Analitik reaksiyalarning haqiqatda sodir bo‘layotganligini ko‘rsatuvchi tashqi effektli reaksiyalarga misollar keltiramiz:
eritma rangining o‘zgarishi:
FeCl3+ 3NH4SCN→ Fe(SCN)3+ 3NH4Cl cho‘kma tushishi (yoki erib ketishi):
BaCl2+ H2SO4→↓BaSO4+2HCl Bunda oq kristall cho‘kma BaSO4 hosil bo‘ladi.
gaz ajralib chiqishi:
BaSO3+ 2HCl→ BaCl2+ SO2↑+H2O Analizni bajarishda ta’sir ettiriladigan moddaning miqdoriga va ishlatiladigan eritmalarning hajmiga qarab, qo‘llaniladigan usullar makro, yarimmikro, mikro, ultromikro va submikro usul- lariga bo‘linadi (1-jadval).
1-jadval