Aniqlash tartibi. Kristall holdagi magniy sulfat – MgSO4·7H2O dan 0,7–0,9 g atrofida tarozida aniq tortib olinadi. Bu tortim sig‘imi 200–300 ml bo‘lgan stakanga solinadi va 50–60 ml suv- da eritiladi. Eritmaga NCl ning 2 n eritmasidan 5 ml, Na2HPO4 ning, 7% li eritmasidan 15–20 ml va NH4Cl ning 2 n eritma- sidan 10 ml qo‘shiladi. Shundan keyin eritma 40–45°C gacha qizdiriladi, bunda suyuqlik shisha tayoqcha bilan doimo ara- lashtirib turiladi, so‘ngra ammiak hidi kelguncha ammoniy gidroksidning 2,5% li eritmasidan tomchilab qo‘shiladi. Bu vaqt- da tayoqchani stakan tubiga va devorlariga tegizmaslikka harakat qilib (tayoqcha tekkan joylarda cho‘kma stakanga mahkam yopishib qoladi), stakan ichidagi suyuqlik tez-tez aralashtirib tu- riladi.
Eritma mutlaqo sovigach, gidrolizni yo‘qotish va MgNH4PO4 ning eruvchanligini kamaytirish uchun ammoniy gidroksidning
10% li eritmasidan yana 25–30 ml qo‘shiladi va 2–4 soatga qo‘yib qo‘yiladi.
Tushgan cho‘kma diametri 9 sm bo‘lgan o‘rtacha zichlikdagi (oq lenta) filtr bilan filtrlanadi. Filtrdagi cho‘kma uch marta yuvi- ladi. Yuvish uchun ammoniy gidroksidning 2,5% li eritmasidan foydalaniladi.
Yuvish tamom bo‘lgandan so‘ng filtrni voronka bilan birgalik- da quritish shkafiga qo‘yib, 100°C da quritiladi. So‘ngra cho‘kma yuqori haroratda tigedda kuydiriladi, bunda u Mg2P2O7 ga ayla- nadi; cho‘kmani qizdirish og‘irligi o‘zgarmay qolguncha davom ettiriladi.
Hisoblash. Analiz natijalarini hisoblash uchun proporsiya tu- zamiz:
Mg2P2O7 – 2Mg
m – x
m – MgP2O7 cho‘kmaning gravimetrik (tortma) shakli.
x = m ⋅ 2M Mg
2 2 7
M Mg PO
Hisoblab topilgan miqdor bo‘yicha analiz uchun tarozida tor- tib olingan moddadagi magniyning foiz miqdori topiladi.
Gravimetriya usuli bilan BaCl2 tuzini aniqlashda cho‘k- tiriladigan shakl 0,5 g BaSO4 bo‘lsa, namuna uchun olingan bariy xloridning og‘irligini hisoblang.
Dostları ilə paylaş: |