2-ish.Xloridionningkonsentratsiyasininefelometrikaniqlash. Ish negizida nihoyatda kam eriydigan kumush xlorid zarrachalari hosil bo‘lishi bilan boradigan dispers sistemalarda xloridlarni ku- mush nitrat bilan cho‘ktirish reaksiyasi yotadi (EKAgCl=
=l,78·10–10):
Cl–+Ag+→AgCl↓
Laboratoriya ishi ЛМФ–69 asbobida olib boriladi. ЛМФ–69 asbobining ishlash tartibi yuqorida yozilgan.
Reaktivlar:kadiy xlorid tuzi, kumush nitrat, nitrat kislota (0,005 n), 0,5 foizli jelatin eritmasi.
Ishni bajarish tartibi. Xloridning standart eritmasini tayyorlash uchun 0,2103 g KCI l 1itr sig‘imli o‘lchov kolbasiga solib, ozroq suv- da eritiladi va so‘ngra kolba belgisigacha suv bilan to‘ldiriladi. Erit- ma konsentratsiyasi 1 ml da 0,1 mg Cl. Uni suyultirish (0,01 mg/ ml) orqali standart ish eritmasi tayyorlanadi. 0,005 n li kumush nitrat eritmasini tayyorlash uchun 0,850 g AgNO3 1 litrda eritiladi. Beshta 100 ml sig‘imli o‘lchov kolbasiga 2,5; 10; 15; 20 ml kaliy xloridning
standart ish eritmasidan solib (xlorid ioni 0,02; 0,05; 0,1; 0,15; 0,20 mg ga to‘g‘ri keladi), oltinchi kolbaga aniqlanadigan eritmadan so- linadi. Har qaysi kolbaga 10 ml dan 0,1 n HNO3; 2 ml dan 0,5 foi- zli jelatina solib, suyultirish uchun taxminan 80 ml suv qo‘shiladi. So‘ngra 0,005 n kumush nitrat eritmasidan 10 ml dan qo‘shiladi. Kolbani belgisigacha distillangan suv bilan to‘ldirib, yaxshilab ara- lashtiriladi va qorong‘i joyga 20 minutga qo‘yiladi. Nefelometrik stakanga tayyorlangan suspenziyadan konsentratsiyasi ortib borishi tartibida solib, suspenziya eritmasining nurni yoyishi ЛМФ–69 as- bobida o‘lchanadi. O‘lchash natijalari jadvalga yoziladi:
Jadvaldagi qiymatlarga asosan darajalash grafigi tuziladi. Grafikdan foydalanib aniqlanadigan eritmadagi xlorid ioni miq- dori topiladi.
Tekshiriladigan eritmadagi xlorid ionining umumiy miqdori ushbu formuladan hisoblab topiladi:
g=CX⋅VT VA bu yerda Cx–Cl– – ionining konsentratsiyasi grafikdan topiladi, K – tekshiriladigan eritmaning hajmi, ml; Va – tekshiriladigan eritma qo‘shilgan qismining hajmi, ml.