Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


-ish. Eritmada sulfatlarni aniqlash



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə95/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

3-ish. Eritmada sulfatlarni aniqlash. Ish kislotali eritmada kam eriydigan (EKBaSO4= 1,1·10–10) bariy sulfat dispers sistemasining hosil bo‘lishiga asoslangan.
Asboblar: fotoelektrokolorimetr FEK – 56 M yoki LFM–69.
Reaktivlar: 10% li BaCl2 eritmasi. Elektrolit eritmasi NaCl + HCl. Bu eritmani tayyorlash uchun 240 g x.t. NaCl+20,5 ml, zichligi 1,17 g/sm3 bo‘lgan x.t. HCl.
Natriy sulfat standart ish eritmasidagi SO–2 ionning konsen- tratsiyasi 0,2 mg (0,8872 g suvsiz x.t. Na2SO4 1000 ml suvda eri- tiladi. Bu eritmani 20 marta suyultirish bilan standart ish eritma- si tayyorlanadi).
Asboblarda ishlash tartibi yuqorida yozilgan.
Aniqlash tartibi. Darajalash grafigini tuzish va eritmadagi sulfat ioni miqdorini aniqlash uchun 100 ml sig‘imli o‘lchov kolbaga 2; 4; 8; 12; 20 ml natriy sulfatning standart ish eritmasidan solinadi.
Ularda sulfat-ion miqdori 20; 40; 80; 120; 200 mkg ga to‘g‘ri ke- ladi. Xuddi shunday sig‘imli (100 ml) o‘lchov kolbasiga tekshiri- ladigan eritmadan solinadi. So‘ngra har qaysi kolbaga 20 ml elek- trolit eritmasidan va distillangan suvdan tegishlicha 38, 36, 32, 28, 20 ml qo‘shiladi. Shundan keyin 15 ml bariy xlorid eritmasi- dan solib aralashtiriladi. 5 minutdan keyin standart ish eritmasi- ning taqqoslash eritmasiga nisbatan konsentratsiyasi kamayish tartibida fotometrlanadi va qalinligi 50 mm li kyuvetada ko‘k yorug‘lik filtrida optik zichligi o‘lchanadi. Taqqoslash eritmasi standart ish eritmasi kabi 100 ml sig‘imli kolbada tarkibida natriy sulfati bo‘lmagan holda tayyorlanadi.

4
O‘lchashda olingan natijalarga asosan darajalash grafigi


4
A = f (C
SO−2 )
tuziladi. Tekshiriladigan eritmadagi SO–2 ionning

konsentratsiyasi grafikka asosan topiladi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin