Amaldaqo‘llanilishi. Gaz xromatografiyasining amalda keng qo‘llanilishi va katta ahamiyatiga sabab shuki, uning yordamida murakkab gaz aralashmalarining alohida komponentlarini taqqos- lab aniqlash va miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin. Analizni ba- jarish ko‘p vaqt talab etmaydi va usul yetarli darajada universaldir. Gaz xromatografiyasi preparativ maqsadlarda fizik-kimyoviy tad- qiqotlar va boshqa sohalarda qo‘llanilganda yaxshi natijalar beradi. Gaz xromatografiyasi usuli bilan neft gazlari, kon gazlari, havo, asosiy kimyoviy mahsulotlar, organik sintez sanoatining mahsulotlari, neft va uni qayta ishlash mahsulotlari analiz qilina- di. Gaz xromatografiyasi usullari ba’zi elementlarning izotoplarini ajratish uchun ham yaroqlidir. Gaz xromatografiyasidan bio- logiyada, tibbiyotda, yog‘ochni qayta ishlash texnologiyasida, oziq-ovqat sanoatida, ba’zi yuqori haroratli jarayonlar texnolo-
giyasida foydalaniladi.
Gaz xromatografiyasidan suyuqliklarni xromatografik kolonka- da bug‘ holiga aylantirib analiz qilish uchun ham foydalanish mumkin. U ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda ham qo‘llaniladi. Sanoat xromatografi yordamida texnologik jarayon- larning eng muhim parametrlarini (harorat, bosim, xomashyo sarfi va b.) nazorat qilish va rostlab turish mumkin.
Gaz xromatografiyasi, shuningdek, adsorbentlarning turli xos- salari (solishtirma sirtini) va adsorbatlar (yutiluvchi gazlar) xossa- larning (diffuziya koeffitsienti) hamda adsorbent-adsorbat siste- malar xususiyatlarini (adsorbsiya issiqligi va izotermasi), moddalarning boshqa xossalarini, reaksiyalar kinetikasini va boshqalarni aniqlashda keng qo‘llaniladi.
Gaz xromatografiyasidan ko‘p komponentli murakkab aralash- malarni analiz qilishda, mikroqo‘shimchalarni aniqlashda, uchuv- chan bo‘lmagan birikma (polimerlar) analizida, element analizi va boshqalarda ham foydalaniladi.
Kapillyar xromatografiya usulida juda nozik aralashmalarni ham tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Masalan, kapillyar xro- matografiya usuli vositasida 15–20 birikmadan tashkil topgan izomer uglevodorodlar aralashmasini bir necha minutda tarkibiy qismlarga ajratish va miqdoriy aniqlash mumkin.
Kapillyar xromatografiyaning afzalliklaridan yana biri jarayon- ni amalga oshirish uchun gazdan juda oz hajmda zarur bo‘lishidir.