Yutishchiziqlariningintensivligi. Analitik maqsadlar uchun moddalarning ultrabinafsha, ko‘rinuvchi va yaqin infraqizil so- halardagi yutish spektrlaridan keng foydalaniladi. Bu spektrlarn- ing paydo bo‘lishi elektron va tebranma o‘tishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Odatda, yutish spektrlari xona haroratida – barcha mole- kulalar qo‘zg‘atilmagan tebranma va elektron holatda bo‘ladigan haroratda olinadi. Shuning uchun fotonni yutish va qo‘zg‘atilgan holatga o‘tish ehtimoli faqat molekulaning xossalariga – dipol momentining qiymatlariga va tanlash qoidalariga rioya qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday o‘tish qancha ko‘p sodir bo‘lsa, ayni to‘lqin uzunligidagi nur shuncha kuchliroq yutiladi va yutilish in- tensivligi kattaroq bo‘ladi.
Nur dastasining intensivligi odatdagidek katta bo‘lmaganida fotonlarni yutgan va qo‘zg‘atilgan holatdagi molekulalar soni juda kam bo‘ladi. Shu sababli namunadagi qo‘zg‘atilmagan molekula- lar soni o‘zgarmay qoladi, deyish mumkin. Bu faqat moddaning konsentratsiyasiga bog‘liq. Demak, yutish spektrlarida chiziqlar- ning intensivligi bilan analiz qilinayotgan moddaning konsentra- tsiyasi orasidagi bog‘liqlik nurlanish spektridagi chiziqlar in- tensivligining konsentratsiyaga bog‘liqligiga qaraganda ancha
yaxshi ifodalangan va barqaror bo‘ladi, chunki yorug‘likni yutuv- chi qo‘zg‘atilmagan molekulalar soni faqat boshlang‘ich namu- nadagi moddaning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Nur yutishning asosiy qonuni (Buger–Lambert–Ber qonuni)
Atom, ion yoki molekula nur kvantini yutib, yuqoriroq energe- tik holatga o‘tadi. Odatda, bu asosiy, qo‘zg‘atilmagan pog‘onadan yuqoriroq pog‘onalardan biriga, ko‘pincha birinchi qo‘zg‘atilish pog‘onasiga o‘tishdir. Nurning modda qatlamidan o‘tishida yuti- lishi natijasida nurlanish intensivligi kamayadi va nur yutuvchi moddaning konsentratsiyasi qancha katta bo‘lsa, intensivlik shun- cha kamayadi.
I/0
I
/ 0
l
l H2O
Buger–Lambert–Ber qonuni nur yutuvchi moddaning qatla-
I midan o‘tgan yorug‘lik intensivli- gining kamayishi bilan modda
konsentratsiyasi va qatlamning qalinligi orasidagi bog‘liqlikni ifo- dalaydi. Nurning aks etishi va
I0 tarqalishi hisobiga isrof bo‘lishini
e’tiborga olish uchun tekshiriluv- chi eritma va toza erituvchidan