Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə83/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

optik zichligi deyiladi, A harfi bilan belgilanadi. Demak, eritman- ing optik zichligi uning konsentratsiyasiga va qatlam qalinligiga to‘g‘ri mutanosib bo‘ladi, ya’ni ushbu modda eritmasi qatlami qalinligi bir xil bo‘lganda eritmada rangli moddaning miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, uning optik zichligi shuncha katta bo‘ladi. Aksincha, rangli moddaning konsentratsiyasi bir xil bo‘lganida eritmaning optik zichligi uning qatlamining qalinligiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan quyidagi xulosaga kelish mumkin: agar bitta rangli modda ikkita eritmasining konsentratsiyasi turlicha bo‘lsa, ularning qatlamlari qalinliklarini eritmalarning konsentratsiyalari- ga teskari mutanosib ravishda o‘zgartirish natijasida bu eritmalar rangining bir xil intensivligiga erishiladi. Shunday qilib, rangli eritmaning konsentratsiyasi c ni aniqlash uchun uning optik zich- ligi A ni o‘lchash kerak ekan. Optik zichlikni o‘lchash uchun esa yorug‘lik oqimining intensivligini aniqlash kerak.
Absorbsion spektroskopiyada modda konsentratsiyasi, odatda, bir litrdagi mollar soni bilan (molyar konsentratsiya), qatlam qa-




Optik zichlik
30-rasm. Optik zichlikning modda konsentratsiyasiga bog‘liqligi.
linligi esa santimetrlarda o‘lchana- di. e – molyar yutish koeffitsienti; uning qiymati har bir yutish chizig‘i uchun doimiy bo‘lib, faqat mod- daning tabiatiga bog‘liq bo‘ladi va reaksiyaning sezgirligini tavsiflaydi; Hl = 1 sm va c mol/l bo‘lganida A = ε bo‘ladi. Demak, molyar yu- tish koeffitsienti qatlam qalinligi
1 sm bo‘lganida bir molyar erit- maning optik zichligiga teng.
Buger–Lambert–Ber qonunidan foydalanish shartlari va cheklanishlar. A = ε•cl tenglamaga binoan optik

zichlikning konsentratsiyaga bog‘liqligi grafik jihatdan koordinata boshidan boshlanuvchi to‘g‘ri chiziq shaklida ifodalanadi (30-rasm). Buger–Lambert–Ber qonuni faqat suyultirilgan eritmalar uchun ma’lum sharoitda mutlaq to‘g‘ri keladi. Bu shartlar qu-
yidagilardan iborat:

  1. Bu qonun monoxromatik nurdan foydalanilganda to‘g‘ri nati- jalar beradi. Bunda (1) tenglamani quyidagicha yozish mumkin:

A λ= 𝘴λ c l
Bu yerdagi λ, A va ε ning qiymatlari to‘lqin uzunligi λ bo‘lgan monoxromatik nurlanishga daxldorligini ko‘rsatadi.

  1. Eritmada begona elektrolitlarning bo‘lishi tekshirilayotgan eritmadagi molekulalarning deformatsiyalanishini yuzaga keltiri- shi mumkin. Natijada ushbu birikmalarning yorug‘lik yutishi o‘zgaradi.

  2. Yorug‘lik yutilishiga gidroliz, kompleks hosil bo‘lishi, oraliq mahsulotlar hosil bo‘lishi, molekulalarning tautomer o‘zgarish- lari, solvatlanish kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu hodisalarning barchasi eritmaning pH iga bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi.

  3. O‘lchashlar vaqtida harorat juda bo‘lmaganida bir necha gradus chegarasida doimiy saqlanib qolishi kerak.

Buger–Lamberg–Ber qonunidan chetlanish asboblarga, te- gishli omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Ular yorug‘lik oqimining

yetarli darajada monoxromatik bo‘lmasligi bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha fotoelektrokolorimetrlarda ishlanganda kuzatiladi. Bunday asboblarda monoxromatlashga yordam beradigan yorug‘lik filtrlari muayyan to‘lqin uzunliklari oralig‘idagi nurlanishni o‘tkazadi. To‘lqin uzunligining anchagina keng oraliqlarida nur- lanishni o‘tkazuvchi odatdagi yorug‘lik filtrlari ishlatilganida o‘lchash natijasi integrat yutishga taalluqli bo‘ladi. Yutuvchi mod- daning konsentratsiyasi ortib borgan sari yutish chizig‘ining kon- turi yoki spektr ma’lum qismining konturi o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun ayni qismga mos keluvchi to‘lqin uzunligi oralig‘ida o‘lchangan yutilish konsentratsiya ortishiga to‘la muta- nosib bo‘lmaydi. Bunday hodisalar ko‘pincha sariq rangli eritma- larda va eski turdagi asboblar ishlatilganda sodir bo‘ladi.

      1. Yüklə 3,86 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin