Kimyoviy bog’lanish va uning turlari



Yüklə 399,86 Kb.
səhifə1/6
tarix13.12.2023
ölçüsü399,86 Kb.
#175921
  1   2   3   4   5   6
15-mavzu


15-Mavzu: Kimyoviy bog’lanish nazariyasi. Kimyoviy bog’lanishning asosiy tavsifi. Kimyoviy bog’lanish va uning turlari. Reja:

  1. Kimyoviy bog’lanish nazariyasi. Kimyoviy bog’lanishning asosiy tavsifi.

  2. Kimyoviy bog’lanish va uning turlari.

  3. Kovalent bog’lanish va uning turlari.

  1. Х1Х аsming bоshlаridа токкШаш tosil bo'lishi kimyoviy bоg’lаnish tаbiаtini o’rgаnish оlimlаr оldidа turgаn аsоsiy muаmmоlаrdаn biri edi. 1807 yili ingliz fizigi G.Devi аtоmlаrni o’zаrо birikib mоlеkulаni hоsil qilishidа elektrоkimyo nаzаriyasini yaratdi. Keyinchаlik bu nаzаriya 1812-1818 yillarda

  1. YA.Bertseilus tоmоnidаn rivоjlаntirilаdi. Ulаr quyidаgichа tushuntirishаdi. Hаmmа аtоmlаrdа 2 tа qutb Ьог + vа - qutb. Ba'zi аtоmlаrdа + qutb kuchliraq bo’lsa, ba'zi atоmlarda -qutb kuchliroq bo’ladi. Shu qutblaming o’zaro tоrtishish evaziga birikadi deb qaraydi. Ba'zan shu qutblarda to’liq neytrallanmagan mоlekulalar ham bo’lish mumkin (N2, О2 mоlekulasini tushuntura оlmadi). 1852 yida buyuk ingliz оНш1 Frankled metalоrganik birikmalarni o’rganib, shuni sezdiki: har bir metall faqat ma'lum sоnda karbоn radikalini biriktira оШЫ mumkin. Masalan, RNa R2Mg.

Buni tushuntirishda «Atomlik» termini kiritiladi Uning fikricha atоmlik ayni element atomining ma'lum sоnini biriktirib оlish qоbiliyatidir. Atоmlik hоzirgi tushunchada valentlikdir. Valentlik lotincha bo ’lib, «qimmat» deganidir. Bu qimmat o'zgaruvchanmi yoki dоimiymi degan fikrda оlimlar katta ishlar qilishgan1. Dоimiy valentlik оrganik kimyoning rivоjlanishida katta го1 o'ynagan, o’zgaruvchan valentlik esa nооrganik kimyoni rivоjlanishida alоhida o’rin tutadi. Yuqоridagi fikrlar kimyoviy bоg’lanish nazariyasini rivоjlanishida atoxida o’rin tutgan bo’lsa ham, uni to’liq tushuntirib bera оlmadi. Hоzirgi vaqtda kimyoviy bоg’lanish , mоlekulani hоsil bo’lishi kvant mexanikasi ощаН tushuntiriladi.
Kimyoviy birikmalar molekulasi hosil bo'lishda atomlararo ta'sir etuvchi va ularni birgalikda ushlab turuvchi kuchga kimyoviy bog’lanish deyiladi .
Kimyoviy bog’lanish mоlekula yoki kristall hosil bo’lishida ishtirak etuvchi elektranlar va atom yadrоlarining elektr maydоnlarining o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Bu o’zaro ta’sirning xarakteri atom tuzilishi va elektranning kоrpuskulyar - to’lqin xоssalari asоsida aniqlandi. Atom tuzilishining asоsiy mоmentlari ma’lum bo’lgandan keyingina kimyoviy bog’lanish nazariyasini yaratish imtoni tug’ildi.
1916 yilda amerika оНш1 J.Lyuis kimyoviy bog’lanish bir vaqtning o’zida ikkala atоmga tegishli bo’ladigan elektrоn juftlarining hosil bo’lishi hisobiga vujudga keladi, degan fikrni bildirdi. Bu g^ya hozirgi zamоn kо valent bog’lanish nazariyasiga asоs bo’ldi. Shu yilning o’zida nemis оНш! V.Kоssel quyidagi fikrni bildirdi: o’zaro ta’sir etuvchi ikki atomdan biri elektron berib, ikkinchisi elektron biriktirib oladi, bunda birinchi atom musbat zaryadlangan ionga, ikkinchisi esa manfiy ionga aylanib qoladi, hosil bo’lgan qarama-qarshi zaryadli ionlarning o’zaro elektrostatik tortilishi barqaror birikma hosil bo’lishiga olib keladi. Bu fikr ion bog’lanish haqidagi hozirgi zamon tassavurlarini yaratilishiga olib keldi.
Аtomlaming o’zaro ta’siri natijasida ular o’rtasida kimyoviy bog’lanish vujudga kelib, barqaror ko’p atomli sistemalar, molekulyar ion, kristallar hosil bo’lishi mumkin. Kimyoviy bog’lanish qanchalik mustahkam bo’lsa, uni uzish uchun shunchalik ko’p energiya sarf bo’ladi. Kimyoviy bog’lanish hosil bo’lishda hamma vaqt o’zaro ta’sir etuvchi elektronlar va yadrolardan iborat sistemaning potensial energiyasi kamayadi, ya’ni energiya ajralib chiqadi. Shu sababli hosil bo’ladigan molekulalar, kristallarning potensial energiyasi dastlabki erkin atomlarning yig’indisidan doimo kichik bo’ladi. Demak, bog’lanish ta’sir etuvchi atomlar sistemasining potensial energiyasining kamayishi natijasida hosil bo’ladi.

  1. Kimyoviy bog’lanish haqidagi ta‘limot - hozirgi kimyoning asosiy masalasidir. Bu ma‘lumotni bilmay turib kimyoviy birikmalarning turli - tumanlik sabablarini, ularning hosil bo’lish mexanizmini, tuzilishini va reaksiyaga kirisha olish xususiyatlarini tushunib bo’lmaydi.

Kimyoviy bog’lanishning kelib chikish sababi shundaki, atom yoki ionlar bir-biri bilan birikkanda ularning umumiy energiya zahirasi ular ayrim - arim holda bo’lgandagiga qaraganda kichikroq qiymatga ega bo’ladi va sistema nisbatan barqaror holatni egallaydi. Agar biror sistema bir holatdan ikkinchi holatga o’tganda uning energiya tutumi kamaysa, bu hodisa «sistema energetik
-5
manfaatga ega bo’ldi» degan ibora bilan tavsiflanadi.
Atomlar o’zaro ta‘sirlashishi natijasida uch xil zarrachalar (molekulalar, ionlar va erkin radikallar) hosil bo’lishi mumkin. Molekulalar bir-biridan atomlarning soni, molekula tarkibidagi atomlarning markazlararo masofalari, bog’lanish energiyasi bilan farq qiladi. Chunonchi, bir atomli va ko’p atomli molekulalar bo’ladi. Nodir gazlarning molekulalari odatdagi sharoitda bir atomli bo’lsa, polimer moddalarning molekulalarini juda ko’p atomlar tashkil qiladi.
Kimyoviy bog’lanish asosan quyidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi:

  1. Kimyoviy bog’lanish energiyasi (kkal/mol)

  2. Kimyoviy bog’ uzunligi (A0 =10-10m)

V) Bog’lar orasidagi burchak.
Kimyoviy bog’lanishning eng muhim tavsiflaridan biri boglanish energiyasidir. Bu energiya kimyoviy bog’lanishni barqarorligini belgilaydi. Kimyoviy bog'ni uzish uchun zarur bulgan eng kam energiya miqdoriga bog'lanish energiyasi deyiladi. E bilan belgilanib, kj/mol, kkal/mol da o'lchanadi. Har bir bog’ uchun to’g’ri keladigan bog’lanish energiyasi qiymati 200 - 1000 кЖ /mol oralig'ida bo’ladi. Masalan, CH2F da C-F bog’lanish energiyasi 487 кЖ/molga teng.
2-atomli molekulalar uchun bog’lanish energiyasi, shu molekulani atomlarga disotsialash energiyasiga teng bo’ladi:
Masalan: H2 = 2H E = 435 kj/mol F2 = 2F E = 151 kj/mol N2 = 2N E = 940 kj/mol
Bogning uzunligi. Kimyoviy bog'ning uzunligi r - harfi bilan belgilanib 0A, nm da o'lchanadi.
Bog'ning uzunligi deb, kimyoviy bog'lanish hosil bo'lishida ishtirok etgan atomlar yadrolari o'rtasidagi masofaga aytiladi. Vodorod molekulasidagi H-H bogning uzunligi rH-H = 0,74 nm.
Molekula hosil qilgan atomlarning markazlararo masofasi angestremlar (A0) bilan o’lchanadi4:





vodorod molekulasi - H2
/ —H I - 0,92 A ftorid kislota molekulasi - HF


Kimyoviy bog'lanishlar soni ortishi bilan bir xil element atomlari hosil qilgan bog'ning uzunligi quyidagicha o'zgaradi:
H3C - CH3 da rc-c = 0,154 nm.
H2C = CH2 da rC-C = 0,135 nm,
HC = CH da rC-C = 0,121 nm ga teng.
V
4 Toshpulatov Yu.T., Raxmatullayev N.G. Anorganik kimyo (nazariy asoslari). T.: TDPU. 2005. 82-90-betlar.

alent burchak. Kimyoviy bog'lanishlar orasidagi burchak valent burchagi deyiladi. Agar H2O molekulasini olib qaralsa H - O bog'i bir-biriga nisbatan 1040 burchak ostida joylashadi va molekula burchaksimon tuzilishga ega bo'ladi. Suv molekulasida valent burchagi 1040; CH4 molekulasida bog'lar orasidagi burchak 109°28'.




Boglanish tartibi. O'zaro kimyoviy bog' hosil qilgan atomlar orasida hosil bo'lgan bog'lanishlar soni bo'lib, birlamchi, ikkilamchi (qo'sh bog'), uchlamchi (uch) bog'lanish mavjud bo'ladi. Bog'lanishlar tartibi ortishi bilan bog'ning barqarorligi ortadi, uzunligi qisqaradi.
Kimyoviy bog’lanishning quyidagi turlari bor: 1) ionli bog’lanish, 2) kovalent bog’lanish, 3) metall bog’lanish, 4) koordinativ bog’lanish, ikkinchi darajali kimyoviy bog’lanishga molekulalararo bog’lanish (Van der-Vaals kuchlari) hamda vodorod bog’lanish kiradi.
Kimyoviy elementlarning atomlari o’zaro ta’sir etish natijasida molekulalarni, ionlarni yoki erkin radikallarni hosil qilish mumkin.
Kimyoviy bog’lanish asosan valent elektronlari ishtirokida amalga oshadi. Kimyoviy reaksiyalarda yadrodan uzoqda turgan elektronlar boshqa element atomlariga o'tishi mumkin. Bunday elektronlar valent elektronlar deyiladi. Kichik davr elementlarining va katta davr toq qatori elementlarining valent elektronlari sitqi qavatda turadi, ularning soni elementning davriy sistemadagi guruh nomeriga teng.
Kimyoviy bog’lanish xarakteri o’zaro birikuvchi elementlarning nisbiy elektromanfiyliklari ayirmasiga bog’liq bo’ladi. Agar ikki elementning nisbiy elektromanfiyliklari orasidagi ayirma katta bo’lsa (1,5 dan to 3,3 gacha) bu elementlar orasida ionli bog’lanish hosil bo’ladi, agar bu ayirma unchalik kichik bo’lmasa (1,5 ga yaqin) qutbli bog’lanish, agar juda kichik bo’lsa kovalent (qutbsiz) bog’lanish yuzaga keladi.
Shunday qilib, kimyoviy bog’lanish deb ikki yoki undan ortiq atomlarning kimyoviy barqaror ko’p atomli sistema hosil qilishi va unda bog’langan atomlarning elektron bulutlarning qayta taqsimlanishiga aytiladi.
Vodorod molekulasining hosil bo’lishini kvantlar mexanikasi asosida izohlash uchun V.Geytler va F.London 1927 yilda taklif qilgan va L.Poling rivojlantirgan. Valent bog’lanishlar nazariyasi quyidagicha ta’riflanadi: o’zaro ta’sirlanuvchi atomlardagi elektronlar spini parallel (Ц) bo’lsa, ular o’zaro juftlashmaydi va molekula hosil bo’lmaydi. Agar ta’sirlashuvchi atomlarning elektronlari anti parallel (Ц) bo’lsa, atomlar bir-biriga yaqinlashganda tortishadi va elektron bulutlari bir-birini qoplaydi. Qarama-qarshi (Ц) spinga ega bo’lgan ikki elektron ikki yadro atrofida harakatlanadi va yadrolararo fazoda elektron bulutlarining zichligi birmuncha ortadi. Shuning natijasida, ikki yadro orasida katta manfiy zaryadga ega bo’lgan soha vujudga keladi va u musbat zaryadli yadrolami jipslashtiradi. Natijada atomlar orasida kimyoviy bog’ hosil bo’ladi. Aksincha, elektronlarning spinlari o’zaro parallel bo’lsa, ikki atom orasidagi elektronlar bulutining zichligi, hatto nolga ham teng bo’lishi mumkin va kimyoviy bog’ hosil bo’lmaydi. 5
Masalan, vodorod molekulasini ko’rib chiqaylik. Vodorod molekulasida ikkita yadro va ikkita elektron bor. Ular orasida quyidagi o’zaro ta’sir kuchlari bor: yadrolar va elektronlar (bir xil zaryadli bo’lgani uchun) bir-biridan qochadi, lekin elektronlar bilan yadrolar orasida o’zaro tortishuv kuchlari namoyon bo’ladi, har qaysi elektronni ikki yadro tortadi va har bir yadroni ikki elektron tortadi. Undan tashqari o’zaro ta’sirlanayotgan vodorod atomlaridagi elektronlar spini qarama- qarshi spinga ega bo’lsa, atomlar orasida tortishuv kuch bunyodga keladi. Anti parallel spinli ikki vodorod elektronlari atomlarni bir-biriga yaqinlashtirib atomlararo masofa r=0,74A0 ga yetganda sistemaning potentsial energiyasi minimal qiymatga ega. Demak, vodorod molekulasidagi (H-H) bog' uzunligi r=0,74A° ga teng.





Valent bog’lanishlar metodini quyidagi 2 prinsip orqali tushuntirish mumkin. Birinchi printsip: Lokallashgan elektron bulutlari bog’lani hosil qiladi, atom orbitallar bir-birining ustini qoplaydi. Qarama-qarshi spinli elektron orbitallari bir-birini qoplaganda yadro orasidagi atom orbitallari orasidagi eng yuqori elektron bulut zichligi hosil bo’lib yadrolar tortishadigan zaryadlar hosil qiladi va sistema energiyasi kamayib bog’ hosil bo’ladi.
Ikkinchi printsip: Atom orbitallarining maksimal qoplanishi natijasida bog’ hosil bo’lishi ya‘ni, yatom orbitallari qancha kuchli bir-birini qoplasa shuncha kuchli bog’lar hosil bo’ladi. Bog’dan qaysi atom boshqasini ko’proq qoplasa shu yo’nalish boylab hosil bo’ladi.6
Valent bog’lanishlar usulining asosiy hollari quyidagilardan iborat:

  1. O’zaro birikuvchi atomlar orasidagi bog’, tashqi elektron qavatdagi elektronlarda bir qismining umumiy elektron juftlari hosil qilishi natijasida yuzaga keladi. Bunda elektronning spinlari antiparallel (Ц) bo’lishi kerak va bunday elektronning bulutlari bir-birini qoplab o’zaro birikuvchi atomlar yadrolari orasidagi fazoda taqsimlanadi.

  2. O’zaro birikuvchi 2 atom maydonida juftlashmagan umumiy elektronlar zichligi lokallangan, ya‘ni elektronlarning bulutlari bir-birini qoplagan bo’lishi kerak. Bu atomlarni biriktiruvchi (bog’lovchi) elektron juftlari miqdori, kimyoviy bog’lanishini miqdor birligini yoki uning valentligini bildiradi.

  3. O’zaro birikuvchi atomlarning orasida elektron juftning hosil bo’lishida faqat juftlashmagan, bitta yacheykani egallagan tok elektronlargina ishtirok etadi. Bog’lanishda ishtirok etmay qoladigan juft elektronlar-ajralmaydigan (ajralmas) juft deyiladi.

  4. 2 atomning tok elektronlari o’zaro bog’lanib elektron juft hosil qilishlari uchun ularning spinlari qarama-qarshi zaryadga ega bo’lishi kerak, yoki elektronlar spinlari albatta antiparallel (Ц) bo’lishi kerak.

  1. Kovalent bog’lanish. Kovalent bog’lanish - H2, O2, N2, Cl2, H2O, CO2 kabi molekulalarning va ko’pchilik anorganik hamda organik moddalarning tuzilishini tushuntirish uchun 1916 yilda Gilbert Levis (AQSH) tomonidan kovalent bog’lanish nazariyasi yaratildi.

Bu nazariyaga muvofiq, molekulada atomlar, har ikkala atom uchun taalluqli bo’lgan umumiy elektron jufti orqali bog’langan bo’ladi. Umumiy elektronlar juftlari hosil bo’lishi bilan amalga oshadigan kimyoviy bog’ga kovalent bog’lanish deyiladi. (“Ko”- birgalikda ishtirok etish, “valentnaya”-valent elektronlarini) yoki kovalent-bu teng valentli deganidir. Atom tomonidan umumiy elektron juftlarini hosil qilish uchun sarf bo’lgan elektronlar jufti soni bog’langan atomlarning valentligini bildiradi (Lengmyur).
Masalan H:H da vodorod bir valentli (umumiy elektronlar jufti bitta, O::O da kislorod ikki valentli umumiy elektronlar jufti ikkita, N:::N da azot uch (umumiy elektronlar soni uchta) valentlidir va h.k.
1916 yilda amerika kimyogari G.N.Levis tomonidan yaratilgan kovalent bog’lanish nazariyasi asosida «sirtqi qavati sakkiz (yoki ikki) elektrondan iborat atom barqaror» degan tushuncha yotadi. Bu bog’lanishda barqaror konfiguratsiya bir atomdan ikkinchi atomga elektron ko'chishi natijasida emas, balki ikki atom orasida bir yoki bir necha umumiy elektron juftlar hosil bo’lishidan kelib chiqadi.7
1927 yilda V. Geytler va F. London vоdоrоd mоlekulasidagi yadrolararo masоfa va bog’lanish energiyasi qiymatlarini hisoblab chiqdilar va bu qiymatlar eksperimental topilgan qiymatga juda yaqin chiqdi. Natijada vоdоrоd mоlekulasidagi kimyoviy bog’lanish ikkala atomga tegishli bo’lgan qarama-qarshi yo’nalishdagi spinga ega elektron jufti hosil bo’lishi natijasida vujudga keladi, degan xutosaga kelindi. Vоdоrоd mоlekulasi hosil bo’lishidagi elektronlarning «juftlanish» jarayoni quyidagi sxema bilan ifodalanishi mumkin:
K
H° + H° -► H:H yoki



Sxemadagi to’lqinsimоn chiziqlar vоdоrоd mоlekulasidagi har bir elektron ikkala atomning kvant yacheykalaridan jоy оlishini bildiradi, ya’ni elektrоnlar vоdоrоd atоmlari yadrоlarining kuchlanish maydоnida harakat qiladi. Demak, hosil

ovalent bog’lanish hosil bo’lishini bir necha misollarda ko’raylik. Bittadan
1s1 elektronlari bo’lgan ikkita atomlari o’zaro yaqinlashganda vodorod molekulasini (H2) hosil qilishini quyidagicha ifodalanadi:
bo’ladigan ikki elektronli ikki markazli kimyoviy bog’lanish kovalent kimyoviy bog’lanish deb ataladi.
V
Atomlari kovalent bog’lanish bilan birikkan murakkab modda molekulariga misol qilib, ammiak-NH3 yoki metan-CHj molekulasini olish mumkin:

odorod molekulasida elektronlar ikkala yadro maydonida harakat qiluvchi umumiy juft elektron hosil qiladi. Ftor, kislorod va azot molekulalarining hosil bo’lishini quyidagicha tasvirlash mumkin:






Umumiy juft bo’lib atomlarni bir-biri bilan molekula qilib bog’laydigan elektronlar juftlashgan elektronlar deyiladi. Lengmyur birikuvchi atomlar orasida hosil bo’ladigan elektron juftlarning soni shu element valentligiga teng deydi, ammiak molekulasida azot uch valentli, vodorod bir valentli.
Kimyoviy bog’lanishning hosil bo’lish mexanizmi murakkabroq molekulalarga ham tatbiq qilinadi. Bunday kimyoviy bog’lanish nazariyasi valent bog’lanish usuli degan nomni oldi. Valent bog’lanish usuli kovalent bog’lanishning muhim xossalarini nazariy asoslab berdi. Bu usul kimyoviy bog’lanishning kvantmexanik nazariyasini yaratishda katta rol o’ynadi.
Valent bog’lanish usuli asosida quyidagi qoidalar yotadi:

  1. Kovalent kimyoviy bog’lanish qarama-qarshi yo’nalishdagi ikki spinli elektronlar tomonidan hosil qilinib, bu elektron juft ikkala atomga tegishli bo’ladi.

  2. O’zaro ta’sir etuvchi elektron bulutlari bir-biriga qanchalik darajada ko’p qoplansa, kovalent bog’lanish shunchalik mustahkam bo’ladi.

Kovalent bog’lanish nazariyasining asosida sirtqi qavatida ikki yoki sakkiz elektroni bo’lgan atom barqarordir degan tushuncha yotadi. Kovalent bog’lanishni ifodalash uchun tashqi elektron qavatida joylashgan elektronlar atomning kimyoviy simvoli atrofida joylashtirilgan nuqtalar bilan ko’rsatiladi.
Ba’zi murakkab moddalar- ammiak, suv, uglerod (VI)-oksid va metanning molekulalari tuzilishini quyidagi sxemalar bilan ifodalash mumkin.


Yüklə 399,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin