Kimyoviy laboratoriyada ishlayotganda texnika xavfsizligi qoidalari «Kimyo va kimyoviy texnologiya»


Simob bilan ishlashdagi havfsizlik qoidalari



Yüklə 22,75 Kb.
səhifə3/4
tarix19.10.2023
ölçüsü22,75 Kb.
#157567
1   2   3   4
Simob bilan ishlashdagi havfsizlik qoidalari
Metall holdagi simob laboratoriya amaliyotida ochiq va yopiq xolda keng qo’llaniladi (reometrlar, termometrlar va xokazo). Simob va uning ba‘zi tuzlarining bug’lari kumilyativ ta‘sirli kuchli zaharlardir. Simob bug’uning havodagi kontsentratsiyasi 0,01 mg/m3 dan oshmasligi kerak.
Simob bug’lari suvoq, yog’och, latta, zang kabilarga yaxshi yutiladi va keyinchalik desorbtsiyalanib bug’lanadi. Metall xoldagi simob polga to’kilib ketsa, uning juda mayda zarrachalari devor, pol, mebel tirqishlariga kirib ketib, so’ngra asta bug’lanib yotishi mumkin. Simob solingan priborlar (masalan monometrlar, reometrlar) xonalarga o’rnatilganda ular ostiga maxsus idishlar o’rnatilishi kerak.
Beihtiyor to’kilib ketgan simob, tezda maxsus so’rg’ich yoki nasos yordamida yig’ib olinishi kerak. Mayda zarrachalar esa amalgamalangan (Zn) plastina yordamida yig’ib olinadi. So’ngra pol 3% li kaliy permanganat eritmasi 1 litr 20% li temir (IV) xlor eritmasiga 5 ml kontsentrlangan sulfat kisotasi qo’shib tayyorlangan eritmasi aralashtiriladi va xona pollari demerkurizatsiyalanadi. So’ngra esa xona xavosi simob miqdoriga analiz qilinadi.
SHishadan qilingan kimyoviy idishlardan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari
Yuqori devorli shisha idishlarni og’zini tiqinlar bilan yopayotganda uning bo’ynini tiqinga yaqin yeridan ushlash kerak.
Qizib turgan shisha idishni sovumay turib shliflangan tiqin bilan yopish mumkin emas.
Suyuqliklarni shisha idishlarida isitish, qaynatishni so’ruvchi shkaflarda olib borish kerak.
Laboratoriyadagi gaz gorelkalaridan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari
Yoqib qo’yilgan gaz gorelkalari va boshqa qizdirish priborlarini nazoratsiz qoldirish kerak emas.
Gorelkadan foydalanayotganda olanga gorelkaning ishda yonishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Alanga gorelkaga so’rilsa gaz yoki havo oqimini rostlash lozim.
Ish stolining usti qizib ketmasligi uchun gorelka va boshqa qizdirish vositalarining ostiga asbest, marmar, g’isht kabi ximoya vositalaridan qo’yib foydalanish kerak.
Siqilgan va suyultirilgan gazlar solingan yuqori bosimli balonlarda foydalanilganda xavfsizlik qoidalari
Kislorod, vodorod, azot kabi gazlar ballonlarida sikilgan holda, uglekislota, ammiak xlor serevodorod kabi gazlar esa suyultirilgan holda, atsetilen esa eritma xolda bo’ladi. Atsetilen balloni g’ovak ko’mir va erituvchi (atsiton) bilan to’ldirilgan bo’ladi.
Suyultirilgan va eritilgan gazlar solingan ballonlar siqilgan gazlar to’ldirilgan ballonlarga nisbatan pastroq, haroratlarda ham portlab ketishi mumkin bo’lgan uchun, ular bilan juda ehtiyotlik bilan muomila kilish kerak.
Barcha gaz ballonlarida himoya qalpoqchasi bo’lishi, zaharli gazlar solingan ballonlarning shtutserlari esa qo’shimcha yopqich (zaglushka) bilan jihozlangan bo’lishi shart. Yonuvchi gazlar (masalan vodorod) solinadigan ballonlarning shtutseri chap rezbali qilib ishlanadi. Bundan maqsad xatolik natijasida ularga kislorod quyib yubormaslik yoki aksincha kislorod balloniga yonuvchi gaz quyib yubormaslikdir. Barcha gaz ballonlari o’zining bo’yaladigan rangiga, markirovakasi (belbog’ rangi) va saqlanadigan gaz nomi ko’rsatilgan yozuvga ega bo’lishi kerak. Ballonlar ma‘lum muddat ishlatilgandan so’ng, keyinchalik ishlatishga yaroqli ekanligi sinab ko’riladi va mahsus belgilar qo’yiladi. Sinov muddati o’tib ketgan ballonlarni ishlatish qat‘iyan mumkin emas.
Ballonlar quyidagi sabablarga ko’ra portlab ketishi mumkin.
a) Quyosh nuri, ochiq alanga, isitish manba‘larining ta‘siri natijasida;
b) Ballonlarning qattiq jismga urilishi yoki ularni urish;
v) Kislorod ballonlarining yog’, moy va boshqa organik moddalar bilan ifloslanishi.
Ballonlar isitish manba‘laridan (radiatorlardan) 1 metr, gorelka, plitka kabilardan 1,5 metr uzoqlikda, quyosh nurlarining tik tushushidan himoyalangan, yiqilib tushmaydigan qilib qotirilgan xolda saqlanishi kerak.
Ballonlardagi gazlardan ana shu gaz uchun mo’ljallangan va tegishli ranga bo’yalgan redukturlar yordamidagina foydalanish mumkin. Reduktorlarning monometrlari bir yilda bir marta tekshiruvdan o’tkaziladi. Reduktorlarning ximoya klapani qabul kiluvga xajm uchun lozim bo’lgan maksimal ishchi bosimga rostlangan bo’lishi kerak.
Ballonning ventilini ochayotganda turli kalit yoki boshqa moslamalardan foydalnmaslikka xarakat qilish kerak. Agar foydalanishga to’g’ri kelsa nixoyatda ehtiyotlik bilan katta kuch ishlatmay harakat qilish darkor, aks xolda ventilning moxovigi uzilib ketishi, rezbani buzib yuborib ballonning portlab ketishi oqibatlarigacha olib kelishi mumkin.



Yüklə 22,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin