O’YUVCHI MODDALAR BILAN ISHLASH QOIDALARI O’yuvchi moddalarga quyidagilar kiradi: xlorid, nitrat, sulfat, ftorid kislotalar, xrom (VI) oksidi, qattiq ishqorlar-o’yuvchi natriy, o’yuvchi kaliy, ularning kontsentrlangan eritmalari, ammiak eritmasi, brom va uning eritmalari. O’yuvchi moddalar teriga tushsa, go’yo qizdirilgan jism tekkandek kuydiradi, ularning ko’zga tushishi nihoyatda xavfli.
Ustoz bo’lmagan vaqtda o’yuvchi moddalar bilan ishlash kerak emas. Ishqor va kislotalarni katta idishdan kichiklariga kuygan vaqtda nasosli yoki «nok»li (grusha) sifonlardan foydalanish kerak. Uchuvchan moddalar, ammiak, brom eritmalarnini so’ruvchi shkaf ichida quyish kerak va albatta ko’zoynak, qo’lqop, fartuk kiyib «V» markali protivogazni extiyotdan tayyor tutish kerak.
Sulfat kislotasining (umuman kislotalarning) eritmasini tayyorlaganda, uni suvga Qo’shish va tuxtovsiz aralashtirib turish kerak. Aks xolda eritma qizib atrofga sachrab ketishi mumkin. Suvni kislotaga quyish aslo mumkin emas.
Ishqorlardan eritma tayyorlaganda, ularning kichik bo’laklarini asta-sekin suvga qo’shib to’xtovsiz aralashtirib turiladi.
Ftorid kislotasi teriga tushsa sekin bitadigan yara xosil qiladi, o’pkani esa yallig’laydi. Agar ftorid kislotasi teriga tushsa, uni sovuq suv oqimi bilan yaxshilab yuvib 5% li soda eritmasi bilan kompress qilish kerak.
Idishlarni xrom aralashmasi bilan yuvganda uning tomchilarnini teriga, kiyimga, oyoq kiyimiga tushishidan extiyot bo’lish kerak.
Ishlaganda portlab ketishi va o’z-o’zidan yonib ketishi mumkin bo’lgan moddalar bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalari.
Reaktsiya o’tkazilayotganda portlash hosil bo’lishi mumkin bo’lgan barcha tajribalar o’tkazilayotganda albatta himoya niqobi taqilishi lozim, reaktsiyalar esa maxsus kabinalarda yoki himoya ekranlari, qalqonlari bilan jixozlangan yerlarda o’tkaziladi.
Kuchli oksidlovchilarni qizdirish yoki yengil yonuvchi moddalar bilan shunchaki aralashtirish mumkin emas, chunki bu o’z-o’zidan yonib ketish va portlashga olib kelishi mumkin.
Yog’li va parafinli hammomlardan foydalanayotganda ularga suv tushib ketishidan saqlanish lozim, chunki yog’ ostida qolgan suv qattiq qizish natijasida qaynab ketib, qizigan yog’ni atrofga sachratib yuboradi. Yog’ bilan ifloslangan latta, sochiq, ish kiyimlari, oksidlovchi muhitda, o’z-o’zidan yonib ketishiga moyil bo’ladi.
Sulfat kislotasi eritmasi tayyorlanayotganda, kislota suvga quyiladi, moboda to’kilib ketsa, u soda eritmasi bilan neytrallanadi, latta bilan artish mumkin emas.
Ochiq alangali olov va portlovchi moddalar bilan ishlayotgandagi havfsizlik choralari
Yonuvchi va ayniqsa tez olangalanadigan suyuq moddalarni ochiq alangali olovda qizdirish yoni alanga yaqinida saqlash qatiyan mumkin emas. Bunday moddalar suv, yoki havo hammomlarida elektr qizdirgichlar yordamida qizdiriladi va haydaladi. Bunday hammomlarning qizdiruvchi va tok o’tkazuvchi qismlari yaxshilab himoyalangan bo’lishi kerak.
Benzol, nitrobenzol, toluol, xloroform, spirtlar, organik efirlar va boshqa turdagi tez alangalanuvchi va yonuvchan moddalar bilan tajribalar ochiq alangasi yo’q so’ruvchi shkafda o’tkaziladi.
Yongil alangalanadigan, miqdori 0,5 litrdan ortiq bo’lgan suyuqliklarni qizdirishda pribor tagiga, avariya sodir bo’lsa, suyuqlik oqib tushishi uchun extiyotdan bo’sh kyuvetalar qo’yilish kerak. Tajriba tugagach barcha idishlar tozalab yuvilib, yig’ishtirish lozim.
Deyarli barcha yonuvchan moddalar uchuvchan bo’ladi va ular inson organizmiga havo bilan kirib zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday moddalar bilan olib boriladigan ishlar yopiq, so’ruvchi shkaflarda olib boriladi.
Yonuvchan moddalarni kanalizatsiyaga ag’darish mumkin emas. Ishlatilgan bunday modda qoldiqlari yaxshi yopiladigan biror idishga to’planib maxsus quduqlarga to’kiladi.