Bundan maqsad xatolik natijasida ularga
kislorod quyib yubormaslik, yoki aksincha kislorod
balloniga yonuvchi gaz quyib yubormaslikdir. Barcha gaz ballonlari o`zining bo`yaladigan rangiga,
markirovakasi (belbog` rangi) va saqlanadigan gaz nomi ko`rsatilgan yozuvga ega bo`lishi kerak.
Ballonlar ma`lum muddat ishlatilgandan so`ng, keyinchalik ishlatishga yaroqli ekanligi sinab
ko`riladi va mahxsus belgilar qo`yiladi. Sinov muddati o`tib ketgan ballonlarni ishlatish qat`iyan
mumkin emas.
4.
Ballonlar quyidagi sabablarga ko`ra portlab ketishi mumkin.
5.
Quyosh nuri, ochiq alanga, isitish manba`larining ta`siri natijasida;
6. Ballonlarning qattiq jismga urilishi yoki
ularni urish;
7. Kislorod ballonlarining yog`, moy va boshqa organik moddalar bilan ifloslanishi.
8.
Ballonlar isitish manba`laridan (radiatorlardan) 1 metr, gorelka, plitka kabilardan 1,5
metr uzoqlikda, quyosh nurlarining tik tushushidan himoyalangan,
yiqilib tushmaydigan qilib
qotirilgan holda saqlanishi kerak.
9.
Ballonlardagi gazlardan ana shu gaz uchun mo`ljallangan va tegishli rangga bo`yalgan
redukturlar yordamidagina foydalanish mumkin. Reduktorlarning monometrlari bir yilda bir marta
tekshiruvdan o`tkaziladi. Reduktorlarning ximoya klapani qabul qilingan xajm uchun lozim bo`lgan
maksimal ishchi bosimga rostlangan bo`lishi kerak.
10.
Ballonning ventilini ochayotganda turli kalit yoki boshqa moslamalardan
foydalnmaslikka harakat qilish kerak. Agar foydalanishga to`g`ri kelsa
nihoyatda ehtiyotlik bilan
katta kuch ishlatmay harakat qilish darkor, aks holda ventilning moxovigi uzilib ketishi, rezbani buzib
yuborib ballonning portlab ketishi oqibatlarigacha olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: