Kimyoviy reaksiya tezligi. Oddiy va murakkab reaksiyalar kinematikasi



Yüklə 114 Kb.
səhifə5/6
tarix06.06.2023
ölçüsü114 Kb.
#126038
1   2   3   4   5   6
Kimyoviy reaksiya tezligi. Oddiy va murakkab reaksiyalar kinematikasi

5-TAJRIBA. Kimyoviy reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvchi moddalar massasining katta kichikligiga bog`liqligi.
Geterogen sistemalarda moddalar ikki faza orasida reaksiyaga kirishadi. Modda qancha mayda bo`lsa, kimyoviy reaksiya shuncha tez ketadi. Buni tajribadan ko`rish uchun yupqa alyuminiy bo`lakchasidan temir qisqich yordamida olib, spirt lampa alangasida tutilganda alyuminiyning kislorodda yonishi sezilmaydi. Lekin alyuminiy kukunidan shpatel uchida ozroq olib, alangaga tutilsa alanganing rangi o`zgaradi.
Tajriba nihoyasiga yetgach, sodir bo`lgan reaksiya tenglamasini yozib reaksiya tezligi haqida xulosa chiqaring.
6-TAJRIBA. Kukun holidagi marmar SaSO3 ning kislota bilan reaksiyasi.
Ikkita toza probirkaga olib, biriga texnik kimyoviy tarozida tortilgan 0,2 g marmar bo`lakchasini soling, ikkinchi probirkaga esa shuncha miqdorda marmar kukunidan soling. Sekundometrni yurgizib ikkala probirkaga ham xlorid kislotaning 2 n eritmasidan 3 ml dan quying qaysi probirkada reaksiya tez borishini kuzating va reaksiya tenglamasini yozing hamda reaksiya natijalari haqida xulosa chiqaring.


7-TAJRIBA. Reaksiya tezligiga katalizatorlarning ta'siri.
a) suvning katalizatorlik roli (tajriba, albatta mo`rili shkafda o`tkaziladi).
Texnik - kimyoviy torozida 1,5 g alyuminiy kukuni va 0,1 g yod kristalidan tortib olib, asbet to`r ustida shpatel bilan aralashtiriladi (mo`rili shkaf ichida). Kimyoviy reaksiya bormaydi. Shundan so`ng uning ustiga 1,2 tomchi suv quying. qanday hodisa kuzatiladi? Reaksiyada suv qanday rol o`ynaydi? Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Vodorod peroksid ( ) ning katalizatorlar ta'sirida parchalanishi. Toza probirka olib, unga 2-3 ml vodorod peroksidining 10 prosentli eritmasidan quying. Oddiy sharoitda vodorod peroksidining parchalanishi kuzatilmaydi. Lekin uning ustiga ozroq MpO2 qo`shilganda reaksiyaning borishi darxol o`zgaradi va gaz ajralib chiqadi. Ajralib chiqayotgan gazga yallig`lanib turgan cho`p tutilganda kuyib ketadi. Bu qanday gaz? Sodir bo`lgan reaksiya tenglamasini yozing.



Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin