Kimyoviy reaksiya tezligi. Oddiy va murakkab reaksiyalar kinematikasi
8-TAJRIBA. Reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentrasiyasining kimyoviy muvozanatga ta'siri.
Toza probirka olib, unga temir(III)xlorid eritmasidan 3 ml va kaliy rodanit eritmasidan 3 ml quying. Bunda quyidagicha reaksiya sodir biladi
Bu reaksiya qaytar reaksiyasiga tipik misol bo`ladi. Reaksiya natijasida qizil rangli temir(III)rodanid eritmasi hosil bo`ladi. Kimyoviy muvozanatning siljishini eritmaning rangi o`zgarishidan bilish mumkin.
Buning uchun to`rtta toza probirka olib, yuqorida tayyorlangan eritmani teng xajmda shu probirkalarga bo`lib, soling. Shundan so`ng birinchi probirkaga bir necha tomchi temir(III) xloridning to`yingan eritmasidan quying, ikkinchi probirkaga kaliy rodanitning to`yingan eritmasidan bir necha tomchi va uchinchi probirkaga kaliy xlorid kristallaridan bir ikki dona soling. To`rtinchi probirkani esa solishtirish uchun qoldiring. Le-Shatele prinsipi asosida kimyoviy muvozanatning konsentrasiya ta'sirida (eritmalarning rangi 4 probirka bilan taqqoslang) qaysi tomonga siljishi haqida xulosa chiqaring.