MASALALAR ECHIMLARIDAN NAMUNALAR. 1-misol. EKq6·10-13 bo‘lgan AgBr ning to‘yingan eritmasiga 0,1 mol/l kaliy bromid eritmasi qo‘shilgan. SHu eritmaga tushirilgan kumush elektrodning potensialini hisoblang.
Echish: Ag + |Ag sistemasi uchun Nernst tenglamasi yoziladi:
Bu sistema uchun qiymati (ilovadagi 7-jadval) 0,80 V ni tashkil etadi. Bundan kumush ionlari konsentratsiyasi topiladi:
Endi va qiymatlarini elektrod potensial tenglamasiga qo‘yib kumush elektrod potensiali topiladi:
2-misol. Vodorod elektrod potensiali -82mV bo‘lgan eritmaning N+ ionlari faolligini hisoblang.
Echish: tenglamadan topiladi.
Demak, bo‘ladi.
Galvanik element har xil elektrodlardan emas, bir xil elektrodlardan ham tuzilishi mumkin. Bunda bu elektrodlar har xil konsentratsiyali bir xil elektrolit eritmasiga tushirilishi ham mumkin (bunday elementlar konsentratsion galvanik elementlar deyiladi). Bunday elementlarning EYUK ham yuqorida ko‘rsatilgan elementlardagiga o‘xshash elktrodlar potensiallari farqidan kelib chiqadi.
3-misol. Ag | AgNO3 (0,001 M) || AgNO3 (0,1 M) | Ag galvanik elementining EYUK ni aniqlang. Bu elementning ishlashida, tashqi zanjirda elektronlar qaysi yo‘nalishda harakatlanadi?
Echish: Ag+ | Ag sistemasining standart elektrod potensiali 0,80 V ga teng. CHap elektrodni bilan, uning elektrodini esa bilan belgilab, quyidagicha topiladi:
Keyin elementning EYUK hisoblanadi:
< bo‘lgani uchun chapdagi elektrod elementning manfiy qutbi rolini bajaradi va elektron chapdagi elektroddan tashqi zanjir orqali o‘ngdagi elektrod tomon harakatlanadi.
Galvanik elementning ishlashida elektrod potensialining qiymati yuqori bo‘lgan elektrokimyoviy sistema okidlovchi sifatida, past elektrod potensialiga ega bo‘lgani esa qaytaruvchi vazifasini bajaradi.
Har qanday o‘z-o‘zicha boruvchi jarayonlar kabi, galvanik elementlarda kechadigan reaksiya ham Gibbs energiyasining kamayishi bilan amalga oshadi. SHunday qilib, tegishli sistemalarning elektrod potensiallarini solishtirib, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini qaysi yo‘nalishda borishini oldindan aniqlash mumkin.