Adsorbsiya. Fazalar chegarasidagi adsorbsiya Ma’lum fazada mavjud o’lgan bir moddaning sirtida ikkinchi moddaning konsentratsiyasini ortishiga adsorbsiya deyiladi.
Moddalarni qattiq jism yoki suyuqlikka yutilishi sorbsiya deyiladi.Jism sirtida boradigan sorbsiya adsorbsiya deyiladi. Adsorbsiya natijasi musbat va manfiy bo’lishi mumkin.
Agar adsorbent sirtida yutilayotgan modda konsentratsiyasi ortsa, uni musbat, aksincha, kamaysa manfiy adsorbsiya deyiladi.Adsorbsiya adsorbentinin 1m2yoki 1sm2 sirtiga yutilgan moddaning mol sonlari yoki moddaning ma’lum massasini yutilishi bilan o’lchanadi.
Adsorbent sirtini o’lchashdan ko’ra uning massasini aniqlash qulayroq. Shuning uchun adsorbent massasini tajribadan oldin va keyin tortib olib, yutilgan modda miqdori aniqlanadi.
Gazlarning adsorblanishi sm2/g yoki m3/kg bilan ifodalanadi.
Adsorbsiya qiymati adsorbentning tabiatiga, konsentratsiya, harorat va bosimiga bog’liq bo’ladi.
Eritma – gaz chegarasidagi adsorbsiya sirt 0.01 m2qatlamidagi ortiqcha modda miqdori bilan o’lchanadi. Buni eritmaning sirt konsentratsiyasi, deb ham ataladi va T = bilan ifodalanadi. Bunda S – 1 mol modda erigan eritma sirtining qatlami. Sirtdagi T miqdori, sirt qatlamida modda yig’ilganida, sirt taranglikni o’zgarishiga qarab Gibbs tenglamasi orqali hisoblanadi.
T = - bunda: s- modda konsentratsiyasi mol/sm2 yoki kmol/m2; R – gaz doimiysi J/kmol*K;
Tabsolyut harorat;
sirtdagi konsentratsiyaga bog’liq bo’lgan sirt taranglikning o’zgarishi.
MASALALAR ECHIMLARIDAN NAMUNALAR 1 misol.Zichligi 19.32 g/mol bo’lgan 2 g oltin maxsus tegirmonda maydalansa, qirrachasining uzunligi 10-8m bo’lgan kubchalar hosil bo’ladi.Shu zarrachalarning umumiy yuzi qanday bo’ladi?