2 masala: kumush yodid zoliga qo’shiladigan elektrolitlarni kaogullovchi konsentratsiyalari (mmol/l) quyidagicha berilgan
CKCl = 256
CBa(NO3)2 = 6
CAl(NO3)3 = o,067
CKNO3 = 260
CSr(NO3)2 = 20
CAlCl3=3,3
Berilgan zolni zaryad belgisini va har bir qo’shilgan elektrolitning kaogullovchi xossasini aniqlang.
3 masala: 0,03% osh tuzini 100 ml eritmasiga 0,001n kumush nitrat eritmasidan 250 ml qo’shilganida hosil bo’lgan kumush xlorid zolining kaogullanishini o’rganish uchun elektrolitlardan KBr, Ba(NO3)2, K2CrO4, MgSO4 va AlCl3 lar qo’shilgan. Shu elektrolitlardan qaysi biri eng oz miqdorda kaogullash xossasiga ega.
4 masala:teng hajmda KJ va AgNO3 eritmalari aralashtirib kumush yodid zoli hosil qilingan. Shu zolni kaogullash uchun har xil elektrolitlarning miqdori quyidagicha berilgan:
CCa(NO3)2 = 315
CNaCl=300
CMgCl2=320
CNa3PO4l=0,6
CNa2SO4=7
CAlCl3=330
Kumush yodid zolini kaogullash uchun elektrolitlarni qaysi biridan ko’proq olinadi?
5 masala: Musbat zaryadli Fe(OH)3 zolini kaogullovchi ion anionidir. Bir valentli anion hosil qiluvchi tuzlarning kaogullovchi miqdorlari bir biriga yaqin bo’lib, 10,7 mmol/l ni tashkil qiladi. Ikki valentli anion hosil qiluvchi tuzlarning kaogullovchi miqdorlari ham bir biriga yaqin bo’lib, 0,2 mmol/l bo’lsa, ikki valentli anionlarni kaogullash xossasi bir valentli anionlarnikiga nisbatan necha marta ortiq bo’ladi?
6 masala:manfiy zaryadli As2S3 zolini kaogullovchi ion katoindir. KNO3 , MgCl2 va AlCl3 elektrolitlarni kaogullovchi miqdori (mmol/l): 50; 0,72 va 0,093 bo’lsa valentligi har xil bo’lgan shu kationlarni kaogullash xususiyatlari o’zaro qanday nisbatlarda bo’ladi?
7 masala: Fe(OH)3, As2S3, H2SiO3(“+” zaryadli) va AgJ(“-“ zaryadli) zollar berilgan. Shulardan qaysi birlari bir birlari bilan aralashtirilganida kaogulyatsiya sodir bo’ladi?