Kimyoviy texnologiya



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə21/46
tarix01.02.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#82140
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
Kimyoviy texnologiya

AMALIY MASHG‘ULOT - 5
Mavzu: Noelektrolit eritmalar va ularning xossalariga doir masalalar yechish.


Eritmalarning bug‘ bosimi. Raul qonuni.
Ma’lumki, har qanday suyuqlik ustidagi bosim deyilganda uning to‘yingan bug‘ bosimi tushuniladi. Suyuqlikning to‘yingan bug‘ bosimi berilgan haroratda o‘zgarmas kattalikdir. Harorat ko‘tarilishi bilan har qanday moddaning to‘yingan bug‘ bosimi ortadi. Bunga sabab, avvalo, harorat ko‘tarilishi bilan molekulalar harakatining o‘rtacha kinetik energiyasi ortishi va natijada suyuqlik molekulalarining o‘zaro tortishish kuchini engib, suyuqlikdan ajraladigan va bug‘ga o‘tadigan molekulalar sonining ko‘payishidir. Ikkinchidan, bug‘lanish endotermik jarayon, ya’ni u issiqlik yutilishi bilan boradi, shu sababli harorat ko‘tarilganda to‘yingan bug‘ bosimi ortadi. Bu fikrlar, asosan, sof erituvchilar bilan to‘g‘ri keladi. Eritma ustidagi bug‘ bosimi esa harorat bilan bir qatorda shu eritmadagi erigan moddaning miqdoriga ham bog‘liq bo‘ladi. Erituvchining eritma ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi toza erituvchining ustidagi ustidagi bug‘ bosimidan doimo kichik bo‘ladi. Eritmaning konsentratsiyasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning stidagi bug‘ bosimi shuncha kichik bo‘ladi. CHunki, konsentratsiya ortgan sari eritmaning hajm birligida erituvchining miqdori kamayib boradi.
Fransuz olimi F. M. Raul kam uchuvchan moddalarning suyultirilgan eritmalari uchun quyidagi qonunni kashf etdi: erituvchining suyultirilgan eritma ustidagi to‘yingan bug‘ bosimining nisbiy pasayishi erigan moddaning molyar qismiga teng.
Ideal eritmalardagi komponent N ning bug‘ bosimi eritma haroratida toza komponent bug‘ bosimining eritma tarkibidagi komponentning mol qismi ga ko‘paytirilganiga teng:
(6.2.1)
Eritmaning bug‘ bosimi uning molyar qismiga to‘g‘ri mutanosibligi Raul tomonidan aniqlangan. SHuning uchun (6.2.1) Raul qonunining matematik ifodasi deyiladi.
Binar eritmalar uchun yuqoridagi formula quyidagicha yoziladi:
(6.2.2)
bunda, eritma ustidagi erituvchining bug‘ bosimi;
toza erituvchi ustidagi bug‘ bosimi;
erigan moddaning mol qismi;
erituvchining mol qismi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin