(Javob: ECuq0,34B). AMALIY MASHG’ULOT№7 Mavzu: Suyuqlik sirtidagi SFM ning adsorbsion qavat qalinligini hisoblashga doir masala yechish. Kolloid sistemalarnu hosil qilishda dag’al moddalarni maydalash muhim ahamiyatga ega.Moddalar maydalanganda ulardan juda ko’p mayda zarrachalar hosil bo’ladi.Har bir zarracha esa o’z sirtiga ega bo’ladi.
Shuning uchun colloid sistemalarni o’rganilayotgan solishtirma sirt, umumiy sirt kattaliklar kabi ko’rsatkichlar ishlatiladi.
Dag’al moddalar maydalanganida ulardan hosil bo’ladigan zarrachalarning sirt yuzasi ming va undan ortiq kvadrat metrni tashkil qilishi mumkin.
Ko’rinishi shar shaklidagi zarrachaning solishtirma yuzasini aniqlash uchun bitta zarrachaning o’rtacha radiusini bilish kifoya:
Ssol=nSo= = (m-1), (III.1)
bunda: n-1m3hajmdagi zarrachalar soni bu ga teng;
So- har bir zarrachani yuzasi (sirt). Solishtirma sirt quyidagicha ifodalanadi:
Ssol=nSo= (m2/kg), bunda: n1 1 kg massadagi zarrachalar soni, u ga teng, bundagi ρ- moddaning zichligi.
Moddalarning sirt xossasini o’rganish kolloid kimyo fanini eng muhim masalalaridan biridir.
Sirtning erkin energiyasi (A), zarachalarini umumiy sirti bilan sirt taranglik ko’paytmasiga teng bo’ladi:
A = σ S (J/m2), bunda: σ – sirt taranglik, J/m2, N/m.
MASALALAR ECHIMLARIDAN NAMUNALAR 1-misol.Stalagmometrdan asta – sekin oqib tushayotgan toluolning 38 ta tomchisini og’irligi 1,4864g keladi.Shu asbobda oqib chiqayotgan suvning 25 tomchisining massasi 2,6570g.suyuqliklarni oqish vaqtida harorat 323 K bo’lgan. Shu haroratda suvning sirt taranglik qiymatini ilovadagi odan olib, toluolning ayni haroratdagi sirt tarangligini aniqlang.