MUSTAQIL ISHLASH UCHUN MASALALAR. 1 masala: Konsentratsiyasi 0,001n bo’lgan 20 ml kaliy yodid eritmasiga 15 ml 0,2% li kumush nitrat eritmasidan qancha hajm qo’shilsa, musbat zaryadli kumush yodid zoli hosil bo’ladi. Mitsella tuzilishini yozing.
2 masala: 85 ml qaynoq distellangan suvga 15 ml, 2% li FeCl3eritmasi qo’shilganda gidroliz jarayoni borib, Fe(OH)3 hosil bo’ladi.
FeCl3+ 3H2O = Fe(OH)3 +3HCl
Eritmada Fe(OH)3zarrachalaridan tashqari FeO+, Cl- ionlari ham hosil bo’ladi, ya’ni Fe(OH)3+ HCl =FeOCl + 2H2O, shu jarayonni hisobga olib, Fe(OH)3zolining mitsella tuzilishining yozing.
3 masala: Konsentratsiyasi 0,008n bo’lgan 25 ml kaliy bromid va konsentratsiyasi 0,0096n bo’lgan 18 ml kumush nitrat eritmalari aralashtirilganida kumush bromid zoli hosil bo’ladi. Zol zarrachalarining ion zaryadini aniqlab, mitsella tuzilishini yozing.
4 masala: oltingugurtni spirtdagi eritmasidan 5 ml olib, 10 ml distellangan suvga qo’shilganida oltingugurt zoli hosil bo’ladi. Bu zol qanday usul bilan hosil qilingan? Zol yorug’likda qizil – qo’ng’ir, nursiz joyda esa havo rang tovlanadi, sababini tushuntiring.
5 masala:tabiatda tuman hosil bo’lish hodisasi kolloid zollari hosil bo’lish turlarini qaysi biriga mansub: dispersion usulgami yoki kondensatsion usulgami? Tuman hosil bo’lishiga qaysi omillar sabab bo’ladi?
6 masala:Teng hajmdagi bariy nitrat va sulfat kislota eritmalari aralashtirilganida bariy sulfat zoli hosil bo’ladi.
Mitsella tuzilishini yozib, quyidagi savolga javob bering. Agar mitsella elektr maydonidaanod tomonga yo’nalsa, ikkala eritmaning konsentratsiyasi bir xil bo’ladimi?
7 masala:HCl ishtirokida As+3 tuzidan mo’l miqdorda H2S gaz o’tkazilsa, As2S3 zoli hosil bo’ladi. Shu zolning mitsella tuzilishini yozing va zaryad belgisini aniqlang.
8 masala:Mis tuzi eritmasiga mo’l miqdorda ferrotsianid eritmasi qo’shilsa Cu2[Fe(CN)6] zoli hosil bo’ladi.
Shu zolning mitsella tuzilishini yozing.
9 masala: H2S suvda uzoq saqlanadigan havo tarkibidagi kislorod bilan oksidlanib, oltingugurt zoli hosil bo’ladi. Shu zolning mitsella tuzilishini yozing.Zarrachalarning zaryad belgisini aniqlang.Zolni hosil bo’lishi qaysi usulga mansubligini ko’rsating.
10 masala:benzolni suv bilan chayqatib, so’ng to’xtatib qo’yilganidan biro z vaqt o’tgach, qavatlar hosil bo’ladi. Agar shu aralashmaga sovun kukuni solib chayqatilsa, barqaror emulsiya hosil bo’ladi.C17H35COONa molekulalari shu jarayonda qanday vazifani bajaradi. Sababini tushuntiring va hosil bo’lgan emulsiyaning mitsella tuzilishini ko’rsating. Emulsiya qaysi usul bilan hosil qilingan?