Kimyoviy texnologiya


Mavzu: Dispers sistemalarning barqarorligi va kaogulyatsiya chegarasini hisoblashga doir masalalar yechish



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə37/46
tarix01.02.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#82140
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
Kimyoviy texnologiya

Mavzu: Dispers sistemalarning barqarorligi va kaogulyatsiya chegarasini hisoblashga doir masalalar yechish
Kolloid eritma zarrachalarini bir – biriga yopishib, cho’ka yoki iviq hosil qilishigaKoagulyasiyadeyiladi.Ayrim koagulyasiya vaqtida hech qanday o’zgarish sezilmay (yashirin koagulyasiya), ba’zan esa kolloid eritmaning rangi o’zgaradi.
Kolloid eritmalarda diffuziya qavatidagi ion bulutlarida desolvatlanish ro’y berib, elektrokinetik potensial kamayadi.Natijada zarrachalar o’zaro yopishib koagulyatsiya sodir bo’ladi.Bunday hol harorat ko’tarilganida, kolloid zoliga birorta elektrolit yoki elektrokinetik potensialni kamaytiradigan zollar qo’shilganida ro’y beradi.
Kaogulyatsiya bir muncha tez borgandagi elektrokinetik potensialni kritik potensial deb yuritiladi. Ko’pgina zollar uchun kritik dzetta potensial 25 – 30 mV ni tashkil qiladi. Kritik dzetta potensiali 30mV dan yuqori bo’lgan zollar amalda barqaror, undan kichik bo’lsa zol beqaror bo’ladi.Zolni dzetta potensiali kritik potensialdan qancha kichik bo’lsa, u shuncha tez kaogulyatsiyalanadi.
Zollar izoelektrik holatida kata tezlikda kaogulyatsiyaga uchraydi.Zolga elektrolit qo’shilganida kaogulyatsiya tezlashadi.Qo’shiladigan elektrolitkaogulyator deyiladi.Kaogulyatsiyani ko’z bilan ko’rish uchun dastlab zol ustiga oz miqdorda elektrolit qo’shiladi, bu Kaogulyatsiyani boshlanishi deyiladi.Kaogulyatsiyani tug’diruvchi konsentratsiya yetarli bo’lmasa,Kaogulyatsiya yashirin kechadi.Kolloid zollarini zaryadiga qarama – qarshi zaryadli elektrolit qo’shilganida kolloid zarrachalari tez kaoullanadi.Kaogullash xususiyatiga ega bo’lgan elektrolit ionlarning miqdori Kaogulyatsiya chegarasi deyiladi. Bu quyidagi kattalik bilan ifodalanadi:


P =
Elektrolit ionlarining kaogullash xossasi ma’lum darajada ionlarning zaryadini kattaligiga bog’liq. Ion zaryadi – valentligi qancha kata bo’lsa, uning kaogullash xossasi shuncha kuchli bo’ladi (SHuls-Gardi qoidasi). Shuningdek, ionlarni kaogullash xossasi ularning gidratlanish xossasiga ham bog’liq. Gidratlanish qancha yuqori bo’lsa, Kaogulyatsiyani boshlanishi shuncha tez bo’ladi va ionlarning (kaogulyator ionining) kaogullash xossasi shuncha kam bo’ladi. Zollarning boshlang’ich kaogullanish miqdori mol/l yoki mg-ekv/l bilan ifodalanadi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin