tozalashda kristallash, sublimatlash, ekstrakstiya va haydash usullardan foydalaniladi.
Haydashning eng muhim turlari quyidagilardir.
1. Oddiy bosim ostida haydash
2. Kichik bosim ostida haydash ya’ni vakuumda haydash.
3. Suv bug’i bilan haydash.
4. Murakkab haydash (rektifikastiyali haydash).
Moddalarni qaynash harorati orasidagi farqi katta bo’lsa, ularni
oddiy haydash usuli
bilan ajratib olinadi. Avval past haroratda qaynaydigan modda ajratib,
keyin yuqori
haroratda qaynaydigan modda haydashda yoki qattiq modda ajralib kristallanib qoladi.
Moddalarning qaynash haroratidagi farq unchalik katta bo’lmaganda, avval past
haroratda qaynaydigan I modda haydaladi. Bu birinchi fraksiya deyiladi va uni alohida
ajratib olinadi. Harorat ko’tarila boshlag’ich
yiggich kolbani almashtiramiz, bunda
harorat asta ko’tarilib, yuqori haroratda qaynaydigan (II modda) ham qo’shilib haydala
boshlaydi bu II fraksiya deyiladi. Huddi shunday uchinchi marta harorat ko’tarilishi bilan
yig’gich kolba almashtiriladi va toza ikkinchi modda ajraladi bu III fraksiyadir. Demak
bunda
avval I modda haydaladi, ya’ni aralashma uchta fraksiyaga bo’linadi. Bu
fraksiyalab haydash deyiladi.
Bosimni ikki marta kamaytirish moddalarning qaynash haroratini 14–20
0
S ga,
bosimni 10–20 mm. simob ustuniga kamaytirish esa moddaning qaynash haroratini
atmosfera bosimidagiga qaraganda 80–120
0
S ga kamaytirishga olib keladi. Masalan:
modda normal atmosfera bosimida 220
0
S da qaynasa, 380 mm simob ustinida 200–205
0
S da, 10–20 mm. Simob ustunida 200–205
0
S da 190 mm simob ustunida 185– 190
0
S
da, 10–20 mm.simob ustunida esa 100– 120
0
S da qaynaydi.
Dostları ilə paylaş: