Kimyoviy texnologiya


I.2. Suyuqliklarni haydash va aralashmalarni ajratish usullari



Yüklə 320,77 Kb.
səhifə4/31
tarix07.01.2024
ölçüsü320,77 Kb.
#208732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Kimyoviy texnologiya-fayllar.org

I.2. Suyuqliklarni haydash va aralashmalarni ajratish usullari 
Neft va gaz mahsulotlarini tahlinini engillashtirish maqsadida har xil usullar 
qo’llaniladi. Ulardan kimyoviy tarkibi va molekulyar massasi bo’yicha ajratishdir. Neftni
ajratish va uning tarkibidan turli uglevodorod guruhlari va geteroatomli komponentlarni 
ajratish uchun kimyoviy va fizikaviy usullardan qo’lllaniladi. Bu usullar quyidagi-lardir.
1. Neftni haydash usullari. 
2. Rektifikastiya usullari.
3. Ekstrakstiya usullari. 
4. Absorbstiya.
5. Adsorbstiya usuli ularning turlari. 
6. Kristallizastiya usuli.
Kimyoviy usullar bir xil reakstiya qobiliyatiga ega bo’lgan komponent ajralishi 
fizikaviy usullarga quyidagilar kiradi.

1.1–jadval. Fizikaviy usullar bilan neftni komponentlarga ajratish 
Faza holati 
Oddiy usullar
Murakkab usullar 
Gaz–gaz
Membrana 
orqali
diffuziya 

Gaz tashuvchilar diffuziya-si


Gaz–suyuqlik
Haydash
va

rektifikastiya


Suv bug’i bilan haydash 
absorbstiya,
azeotrop 
rekti-
fikastiya, ekstroaktiv

Gaz–qattiq faza


Vozgonka
Adsorbstiya
Suyuqlik suyuqlik
Membrana
orqali

diffuziya


Ekstrakstiya 
Suyuqlik–qattiq
faza

Kristallash


Adsorbstiya, 
ekstrakstiya
kristallash
adduktivlik
kristallash 
Keyingi vaqtlarda neft va gaz mahsulotlarini komponentlarga ajratish va ularni 

tozalashda kristallash, sublimatlash, ekstrakstiya va haydash usullardan foydalaniladi.


Shuningdek neftning kimyoviy tarkibini tekshirish, uning murakkab tuzilishiga ega 
ekanligi, hamda har xil haroratlarda ularning har bir komponentining alohida qaynash
harorati mavjud ekanligi ma’lum bo’lib qoldi. Neft komponetlarini, qismlarga bo’lish, 
hamda uni ajratib olishning bir qancha fizikaviy va kimyoviy usullari mavjud.
Molekulyar massasi bo’yicha neft komponentlarini ajratib olish uchun asosan 
haydash usulidan foydalaniladi.



Haydashning eng muhim turlari quyidagilardir.


1. Oddiy bosim ostida haydash
2. Kichik bosim ostida haydash ya’ni vakuumda haydash. 
3. Suv bug’i bilan haydash.
4. Murakkab haydash (rektifikastiyali haydash). 
Moddalarni qaynash harorati orasidagi farqi katta bo’lsa, ularni oddiy haydash usuli
bilan ajratib olinadi. Avval past haroratda qaynaydigan modda ajratib, keyin yuqori 
haroratda qaynaydigan modda haydashda yoki qattiq modda ajralib kristallanib qoladi.
Moddalarning qaynash haroratidagi farq unchalik katta bo’lmaganda, avval past 
haroratda qaynaydigan I modda haydaladi. Bu birinchi fraksiya deyiladi va uni alohida
ajratib olinadi. Harorat ko’tarila boshlag’ich yiggich kolbani almashtiramiz, bunda 
harorat asta ko’tarilib, yuqori haroratda qaynaydigan (II modda) ham qo’shilib haydala
boshlaydi bu II fraksiya deyiladi. Huddi shunday uchinchi marta harorat ko’tarilishi bilan 
yig’gich kolba almashtiriladi va toza ikkinchi modda ajraladi bu III fraksiyadir. Demak
bunda avval I modda haydaladi, ya’ni aralashma uchta fraksiyaga bo’linadi. Bu 
fraksiyalab haydash deyiladi.
Bosimni ikki marta kamaytirish moddalarning qaynash haroratini 14–20 
0
S ga,

bosimni 10–20 mm. simob ustuniga kamaytirish esa moddaning qaynash haroratini


atmosfera bosimidagiga qaraganda 80–120 
0
S ga kamaytirishga olib keladi. Masalan: 

modda normal atmosfera bosimida 220


0
S da qaynasa, 380 mm simob ustinida 200–205 

0
S da, 10–20 mm. Simob ustunida 200–205 


0
S da 190 mm simob ustunida 185– 190 

0
S


da, 10–20 mm.simob ustunida esa 100– 120 

0
S da qaynaydi. 





Yüklə 320,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin