koiponentlarni taxlil kilish uchun qisman olib tekshirish mumkin. Laboratoriya sharoitida
Suyuq aralashmalarni rektifikastiya yordamida ajratish kolonnali qurilmalarda olib
boriladi, bunda bug’ va suyuqlik fazalari o’rtasida uzluksiz va ko’p marotobalik kontakt
yuz beradi. Fazalar o’rtasida modda almashinish jarayoni boradi. Suyuq fazadan engil
uchuvchan komponent bug’ tarkibida o’tadi, bug’ fazasidagi kiyin uchuvchan komponent
esa suyuqlikka o’tadi. Rektifikastion kolonnaning yuqorigi qismidan chiqayotgan bug’
asosan engil uchuvchan komponentlardan iborat bo’lib, u kondensastiyaga uchraganda
so’ng ikki komponentga ajraladi. Kondensatning birinchi komponenti distilyat yoki
rektifikat (yuqoridagi mahsulot) deb aytiladi. Kondensatning ikkinchi komponenti esa
qurilmaga qaytariladi va u flegma deb yuritiladi.
Hozirgi vaqtda kimyoviy texnologiyaning ko’pchilik sohalari ayniqsa neft sohasida
shuningdek, organik sintez, izotoplar, polimerlar, yarim o’tkazgichlar va hokazolar toza
mahsulot ishlab chiqarishda rektifikastiya keng qo’llaniladi. Bundan tashqari spirt, vino,
likyor-aroq va efir moylari ishlab chiqarishda ham rektifikastiyadan foydalaniladi.
Ekstrakstiya – bu moddalarni aralashmalardan erituvchilar bilan ajratib olish usuli
bo’lib, bitta moddani aralashmalardan toza holda ajaratib olish yoki kondentrastiyalash
yoki aralashma tarkibidagi hamma moddalarni alohida–alohida toza holda ajratib olish
usulidir. Ekstrakstiya usuli ikkita bir–birida aralashmaydigan suyuqliklarda moddaning
taqsimlanish qonuniga va tozalanayotgan aralashmadagi moddaning erituvchilarda har
xil erishiga asoslangan.
Ajralishi zarur bulgan aralashma eritmasini yoki emulstiyani ajratish voronkasiga
solib aralashma erigan erituvchida aralashmay-digan, lekin moddani yaxshiroq eritadigan
erituvchi (ektragent)dan ozroq solib chaykatsak, ajratib olinayotgan modda ikkala
erituvchi orasida taksimlanadi.
Erituvchini ma’lum miqdoridagi moddani to’laroq ajratib olish uchun erituvchi
qayta-qayta ekstrakstiya qilish kerak. Qattiq moddalarni aralashmadan kamroq
miqdordagi erituvchi bilan qayta-qayta ekstrakstiya qilib ajratib olish mumkin. Bu usul
agar xona haroratida olib borilsa
migrastiya, qizdirish bilan olib borilsa,
digerirlash,
agar to’xtovsiz ekstrakstiya qilinsa
perkolyastiya deyiladi.
Yuqorida aytganimizdek ekstrakstiyalash deb – eritmalar yoki qattiq moddalar
tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni erituvchilar yordamida ajratib olish
jarayoniga aytiladi. Ekstrakstiyalash jarayoni ham asosan rektifikastiya kabi suyuqlik
aralashmalarni ajratish uchun ishlatiladi. Bu usullarni qaysi birini tanlash aralashma
tarkibidagi moddalarning xossalariga bog’liq. Rektifikastiyalashda odatda issiqlik kerak.
Ekstrakstiyalashda esa isssiqlik talab etilmaydi. Aralashma komponentlarining qaynash
haroratlarga beqaror bo’lsa, bunday xollarda ekstrakstiyalash jarayoni qo’llaniladi.
Ekstrakstiya usulida tanlab olingan erituvchining zichligi ekstrakstiyalanishi lozim
bo’lgan suyuqlik zichligidan kam bo’lishi shart. Ekstrakstiyalash jarayonida eritma va
erituvchi o’zaro ta’sir ettirilganda ikkita faza (ektrakt va rafint) hosil bo’ladi. Ajratib
olingan modda erituvchidagi eritmasi ektrakt, dastlabki eritma qoldig’i esa rafinat
deyiladi. Rafinat tarkibida ma’lum miqdorda erituvchi bo’ladi. .
Ekstrakstiyalash usulida suyuqliklarni ekstrakstiya qilish boshqa usullardan ko’ra
bir qancha afzalliklarga ega. Jarayon past haroratda olib boriladi, eritmani eritmani
bug’latish uchun issiqlik talab etilmaydi, yuqori tanlovchilikka ega bo’lgan istalgan
erituvchini ishlatish mumkin.