Neft va gaz sanoati O’zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlardan biri
hisoblanadi. Mustaqillikdan so’ng mazkur soha dinamik rivojlanib, Respublika
mustaqilligini mustahkamlashga o’z hissasini qo’shib bormoqda.
Iqtisodiyotning ustivor sohalarini modernizastiya qilish, texnikaviy va texnologik
qayta jihozlash, ularda zamonaviy chiqindisiz texnologiyalarni joriy qilish
Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan inqirozni bartaraf
qilish dasturining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Mustaqillika erishilgach, 1997 yilda gaz kondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan
chet el ilg’or zamonaviy texnologiyalardan biri Fraksiya “Teknip” kompaniyasi
texnologiyasiga ko’ra Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Zavodning
umumiy quvvati yiliga 2,5 mln. tonna neft va gaz kondensati aralashmasini qayta
ishlashga mo’ljallangan
Respublikamizda neft kimyosi va organik sintez moddalar olishni ko’paytirish
maqsadida 17 fevral 1998 yil “O’zbekneftegaz” va “ABB Lummus Global”(AQSh),
“ABB Soimi”(Italiya), “Nisho Ivai”, “Toyo injiniring”(Yaponiya) kompaniyalari
o’rtasida gaz kimyo majmuasini loyihalash, qurilmalarni etkazish, o’rnatish va ishga
tushirish bo’yicha shartnoma imzolandi. 2001 yil oxirida Sho’rtan gaz kimyo majmuasi
ishga tushirildi va 2002 yil 15 avgustidan birinchi o’zbek polietileni chiqarildi. Gaz kimyo
majmuasi umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd. m
3
tabiiy gazni qayta ishlashga mo’ljallangan.
Sho’rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan barcha polietilen
mahsulotlari ekologik va gigienik sertifikatlarga egadir. Zavod maxsulotlariga 2005 yil
Halqaro ISO-9001 sifat sertifikati berildi.
Hozirgi vaqtda Sho’rtan GKM mahsulotlarining 70% i eksportga chiqarilmoqda.
Ya’ni Ovropa mamlakatlari (Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya, Turkiya), Osiyo
(Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari(Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg’iziston,
Tojikiston) ga eksport qilinmoqda.
Sohaning muhim rolini inobatga olib, mamlakatimiz rahbariyati neft va gaz sanoati
rivojiga alohida ahamiyat qaratmoqda.O’tkazilayotgan geologik tadqiqotlar Buxoro,
Xiva va Surxondaryo regionlarining yuqori istiqbolga ega ekanligini tasdiqladi. Boy
zaxiralar aniqlangan Ustyurtda Surgil, Sharqiy Berdax, Uchsoy kabi yirik gaz konlari
ochildi. 2015-2019 yillarda “O’zbekneftgaz” MXK 50 dan ziyod investistion loyihalarni
amalga oshirishni ko’zda tutgan.
Surgil koni bazasida barpo etilayotgan 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta
ishlab, 400 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen ishlab chiqarish va
mahsulotlarning asosiy qismi Yevropa, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlarida
sotilishi ko’zlangan “O’zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi, Janubiy Koreyaning
“Kogas”, “Lotte Petrochemicals” kompaniyalari va “Uz-Kor Chemicals” qo’shma
korxonasi hamkorligidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi va Lukoil Uzbekistan Operaiting
Company MChJ buyurtmasiga ko’ra Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering Co., Ltd.
kompaniyasi tomonidan «Qandim – Xauzak – Shodi – Qo`ng`iorot» gaz konlari bazasida
qurilishi tugallanayotgan gazni qayta ishlash zavodi (GQZ) kompleksini qurish
Respublikamiz yoqilg’i – energetikasi sohasida yana bir muhim qadamlardan sanaladi.
Respublikamizda yoqilgi energiyasiga bo’lgan talabni to’la qondirishda
“O’zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi asosiy o’rin tutadi.
Hozirda Respublikamizda jaxon sifat andozalariga mos keluvchi tayyor neft
maxsulotlarini tashqi bozorga chiqarilyapti.