Kimyoviy texnologiyalar



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə12/25
tarix11.02.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#83920
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Materiallar texn-laboratoriya2018

LABORATORIYA ISHI № 4


Laboratoriya ishining nazariy asoslari. SHixta deb, oldindan tayyorlab olingan va retsept bo‘yicha tortib olingan xom-ash’yolarning bir xil tarkibdagi aralashmasiga aytiladi. YUqori sifatli shisha massasini olish uchun sifatli shixta tarkibini tayyorlash lozim, shuning uchun shixtaga qator talablar qo‘yiladi, jumladan uning bir jinsligi bo‘yicha. Alohida komponentlarning, zarrachalarning to‘planib qolishi va maydalan-magan donador bo‘lakchalarning bulishi shixta tarkibida xar xil nuqsonlar bo‘lishiga olib keladi. Xom-ash’yolarni qayta ishlab, tayyorlash jarayoniga quyidagi operatsiyalar kiradi: bo‘lakchalarni maydalash, uta mayin tuyish va elaklardan o‘tkazish. Qum, dolomit, mel va ohaktoshni 07 (81t/sm2) elakdan, qo‘rg‘oshin suriki,soda va potash 09(64t/sm2) raqamli elakdan o‘tkaziladi.
SHixta retsepti bo‘yicha tayyorlanib, tortib olingan xom-ash’yolar yaxshilab aralashtirilib olinadi. SHixtani chinni xovonchada qo‘l bilan maydalash yoki laboratoriya sharoitida ishlatiladigan aralashtirish barabanlarida maydalash mumkin. SHixta qatlamlar bo‘yicha ajralib ketmasligi uchun uni 4-5% namlikgacha namlash tavsiya etiladi. Avval qumni namlab, keyin uni qolgan komponentlar bilan aralashtiriladi. SHunday qilib tayyorlangan shixtani tigellarga solib, pechkaga pishirish uchun olib kelinadi.
SHisha massasini laboratoriya sharoitida pishirish muxim jarayonlardan biri xisoblanadi. SHishaning sifati, uning bir jinsliligi, fizik-kimyoviy xossalari shu jarayonning qanday tarzda olib borilganligiga uzviy bog‘liq bo‘ladi. SHishani laboratoriya sharoitida pishirgan vaqtda xam, xuddi korxonada pishirganday besh bosqichdan iborat pishish jarayoni sodir bo‘ladi, bular silikat xosil bo‘lishi, shisha hosil bo‘lishi, oqartirish, bir jinslilikga olib kelish va sovitishdir. Lekin bu jarayonlarning borish tezligi birmuncha farq qiladi. Laboratoriya sharoitida shisha tigellarda pishiriladi. SHishaning turiga qarab, uni pishirish uchun korundli, shamotli, kvarsli va platinali tigellar ishlatiladi.
SHishani pishirishdan avval uning pishirish jarayonining rejimini aniqlash kerak, bunda temperaturani ko‘tarishning tezligiga, maksimal temperatura va shu temperaturada ushlab turish vaqtiga xamda pechning sovitish tartibiga axamiyat berish kerak. SHishani qizdirish tezligi soatiga 250-3000S, pishish temperaturasida saqlash vaqti 2,5-3 soatga teng. Pishirish jarayonining tugaganligi pechkadan shisha namunasini olib ko‘rish bilan aniqlanadi. Agar namunada pishib etilmagan shixta zarrachalari bo‘lmasa, u bir jinsli bulib, faqat gazning ayrim yirik pufakchalari bo‘lsa shisha pishgan deb xisoblanadi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin