Suvning karbonat qattiqligini aniqlash
Ushbu usul to`q sariq metil indikatori bilan xlorid kislota karbonatlarini titrlashga asoslangan. Ushbu usul asosida quyidagi reaksiyalarnin borishi yotadi:
Ca(HCO3)2+2 HCL=CaCL2+H2O+2CO2
Mg(HCO3)2+2 HCL=MgCL2+H2O+2CO2
Titrlash davomida sarflangan 1 ml 0,1 xlorid kislotaning normal eritmasiga 2,9 mg kaltsiy oksidi mos keladi.
Kerakli tajriba jihozlari:
1.0,1 xlorid kislotaning normal eritmasi;
2.1 % li to`q sariq metil eritmasi;
3.hajmi 100 mlli byuretka;
4.hajmi 150 mlli konussimon kolba;
5.Pipetkalar.
Ishni bajarish tartibi
hajmi 150 mlli konussimon kolbaga pipetka yordamida 100 ml tadqiq etiladigan suvsolinadi. Unga to`q sariq metildan 2-3 tomchi qo`shib, 0,1 xlorid kislota normal eritmasi bilan ta`sirlanadi. Titrlash davomiyligi och qizil rang hosil bo`lgunga qadar davom ettiriladi.
Titrlash 2-3 marta o`tkazilib, uning o`rtacha qiymati hisoblanadi.
Suvning karbonat qattiqligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
bu yerda X – suvning karbonat qattiqligi, mg-ekv/l;
- titrlashga sarflangan xlorid kislotaning 0,1 normal eritmasining miqdori, ml;
0,1 – kislota titri;
V - tadqiq etiladigan suvning hajmi, ml.
Dostları ilə paylaş: |