Suvning umumiy qattiqligini aniqlash
Ushbu usul suv tarkibidagi kalsiy va magniyning ishqor aralashmasining ta`sirlanishiga asoslangan bo`lib, ular kalsiy karbonat tuzi va magniy gidroksidi shaklida cho`kadilar.
Kerakli jihozlar:
Ishqor aralashmasi ( Na2CO3ning 0,1 normal eritmasiva NaOH ning 0,1 normal eritmasidan bir xil miqdorda qo`shib, hosil qilingan ishqor aralashmasi);
Xlorid kislotaning 0,1 normal eritmasi;
To`q sariq metilning 1% li eritmasi;
O`lchanadigan, sig’imi 200 mlli kolba;
Sig’imi 200 mlli byuretkalar;
Pipetkalar;
Qizdirgich.
Ishni bajarish tartibi
1. Suvning karbonat qattiqligi aniqlanganidan keyin, kolbaga byuretkadan 20 ml ishqorli aralashma qo`shilib, 3 daqiqa qaynatiladi.
2. Suyuqlik sovutiladi, o`lchov silindriga qo`yiladi, unga 200 ml distillangan suv qo`shilib, filtrlanadi. Filtratdan 100 ml suyuqlik olinib, unga 1-2 tomchi indikator qo`shilib, suyuqlik xlorid kislotaning 0,1 normal eritmasi bilan titrlanadi.
3. Titrlash uchun aralashmaning yarmi olinganligi sababli (100 ml filtrat), titrashga o`tgan eritmaning millitrlar miqdori 2 ga ko`paytirilib, ishqorli erli metall tuzlari bilan reaksiyaga kirishmagan ishqorli eritma millilitrlarining miqdori topiladi.
4. Bu miqdor 20 ml ishqorli eritmadan olib tashlanib, (minus qilinib), qolgan natija 2,8 ga ko`paytirilib, suvning umumiy qattiqligi topiladi.
Suvning doimiy qattiqligi uning umumiy va karbonat qattiqligi orasidagi farqqa teng bo`ladi.
Masalan, 100 ml filtratni titrlash uchun xlorid kislotaning 0,1 normal eritmasidan 6,5 ml sarflanadi. Unda suvning umumiy qattiqligi quyidagiga teng bo`ladi:
6,5*2=13 ml 20-13=7 ml 7 ml*2,8=19,6°
Suvning doimiy qattiqligiuning umumiy va karbonat qattiqligi orasidagi farqqa teng bo`lganligi uchun 19,6-70=12,6° ga teng bo`ladi.
Tajribada olingan natijalar 3-jadvalga yoziladi:
3-jadval
Suvnamunalari
|
Suvningqattiqligi
|
Karbonat
|
Domiy
|
Umumiy
|
1
|
|
|
|
2
|
|
|
|
3
|
|
|
|
Sinov savollari
Suvning qattiqligi qaysi omillarga bog’liq?
Suv qattiqligini qaysi turlarini bilasiz?
Suvning qattiqligi oshganda, qaysi hodisalar yuz berishi mumkin?
Odatda, suvning qattiqligi qancha bo`lishi kerak?
Suvning karbonat qattiqligi qanday aniqlanadi?
Dostları ilə paylaş: |