5. Aktivlanish energiyasi Molekulalar orasidagi o’zaro ta’sirlar faqat ular to’qnashganlaridagina sodir bo’ladi, shuning uchun kimyoviy reaksiya tezligi vaqt birligi ichida reaksiyaga kirishuvchi molekulalarning to’qnashishlar soni bilan aniqlanishi mumkin. Har qanday reaksiyaga kirishuvchi sistemalar uchun bu to’qnashishlar soni shu qadar yuqoriki, agar har bir to’qnashish kimyoviy o’zaro ta’sirlarga olib kelsa, u vaqtda reaksiyalar tezligining haqiqatda kuzatilgan va nazariy hisoblangan qiymatlari orasidagi nomoslik reaksiyaga kirishuvchi molekulalar orasidagi har qanday to’qnashishlar kimyoviy o’zaro ta’sirlar sodir bo’lishiga olib kelmasligi haqida ma’lumot beradi.
Kimyoviy o’zaro ta’sirlarga olib keluvchi to’qnashishlar soni bilan reaksiyaga kirishuvchi molekulalarning umumiy to’qnashishlar soni orasidagi fark, Arreniusning quyidagi xulosasiga olib keldi, shunday molekulalar to’qnashganda reaksiyaga kirishadiki, ularning molekulalari energiyasi boshqa molekulalar energiyalarining o’rtacha qiymatidan yuqori bo’ladi. Reaksiya mahsulotlarining molekulalari hosil bo’lishi uchun reaksiyaga kirishuvchi molekulalar orasidagi molekulalararo bog’lar uzilishi zarur. Agar molekulalar energiyasi bu bog’larni uzish yoki kamaytirish energiyasidan kichik bo’lsa, u holda ularning to’qnashishlari foydasiz bo’lib, reaksiya mahsulotlarining molekulalari hosil bo’lmaydi.
Molekulalar o’zaro to’qnashganda kimyoviy reaksiyalar hosil qiluvchi ularning o’rtacha energiyasidan ortiqcha energiyaga aktivlanish energiyasi deyiladi. Bunday energiyaga ega bo’lgan molekulalar aktiv molekulalar deb yuritiladi. Aktiv molekulalar soni doimo molekulalarning umumiy sonidan kam bo’ladi va u quyidagicha aniqlanadi:
NaktN e-ERT yoki InNakt InN0 -ERT (51.1)
Bunda Nakt –aktiv molekulalar soni; N0- molekulalarning umumiy soni; E – aktivlanish energiyasi.
Kimyoviy reaksiya borishi bilan aktiv molekulalar soni kamayib boradi, lekin to’qnashish natijasida reaksiyaga kirishuvchi molekulalar energiyasining qayta taqsimlanishi ro’y beradi. Shuning uchun Nakt N0 - aktiv molekulalar ulushi uzluksiz qayta tiklanib boradi va reaksiya to’xtamaydi.
Тemperatura ko’tarilishi bilan aktiv molekulalar soni hamda molekulalar o’rtasidagi to’qnashishlar soni ham ortadi, bunga mos ravishda kimyoviy reaksiyalar tezligi ham ortadi.
Kimyoviy reaksiyalarning aktivlanish energiyasi odatda (50-300) kJmol oralig’ida bo’ladi. Agar aktivlanish energiyasi kichik bo’lsa, u holda aktiv molekulalar soni ko’p va bunday reaksiya tezligi katta bo’ladi. Bunday reaksiyalarga quyidagi reaksiyalar misol bo’la oladi:
2NO2 2NO O2; E 134 kJmol
2CI2O 2CI2 O2; E 88 kJmol
Aktivlanish energiyasining katta qiymatlarida aktiv molekulalar soni oz va reaksiya tezligi juda katta bo’lmaydi. Bunday reaksiyaga ammiak sintezi misol bo’la oladi, bu reaksiyaning aktivlanish energiyasi 327kJmol ga teng bo’ladi. Odatdagi sharoitlarda reaksiya nihoyatda sekin boradi.
Aktivlanish energiyasini hisoblash uchun (51.1) tenglamani boshqacha ko’rinishda yozib undan foydalanamiz
(51.2)
Bunda Zakt – aktiv molekulalarning to’qnashishlar soni; Z0 – to’qnashuvchi hamma molekulalar soni.
Aktiv molekulalarning to’qnashishlar soni orqali kimyoviy reaksiya tezligi aniqlanadi. (51.2) tenglamani quyidagi ko’rinishda yozish mumkin:
(51.3)
Bunda va - reaksiyaning tezligi va tezlik doimiysi; 0 va 0- hamma molekulalarning to’qnashishlari kimyoviy reaksiyalar sodir bo’lishiga olib kelgandagi reaksiya tezligi va reaksiya tezlik doimiysi. (51.3) tenglamani logarifmlaymiz:
Ink Ink0 – ERT (514)
va Ink0 ni V doimiy orqali belgilab, quyidagi tenglamani olamiz:
Ink V – ERT (51.5)
(51.5) tenglamani molekulyar-kinetik nazariya asosida olingan Arreniusning empirik (48.3) formulasi bilan solishtirib, ularning o’xshashligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
(51.5) ifoda Ink va 1Т (51.1-rasm) koordinatalarda to’g’ri chiziq tenglamasi hisoblanadi. Тo’g’ri chiziqning burchak tangensi ER ga teng, bundan osongina E ning qiymatini aniqlash mumkin. Тo’g’ri chiziq grafigini chizish uchun Т1 va Т2 temperaturada k1 va k2 tezlik doimiylarining qiymatlarini bilish kifoya.
Shunga o’xshash aktivlanish energiyasini analitik usulda ham hisoblash mumkin. Ikki xil temperatura uchun (51.5) tenglamani quyidagicha yozish mumkin:
Birinchi tenglamani ikkinchisidan ayirib, quyidagi tenglamaga ega bo’lamiz:
(51.6) tenglamadan Eaktivlanish energiyasining qiymatini topish qiyin emas.