Kimyoviykinetika va kataliz


Reaksiya tezligiga temperaturaning ta’siri



Yüklə 356,5 Kb.
səhifə2/13
tarix02.05.2023
ölçüsü356,5 Kb.
#105810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Reja Kimyoviy reaksiyalarning tezligi

2. Reaksiya tezligiga temperaturaning ta’siri
Тajribalar ko’rsatishicha temperatura ortishi bilan reaksiya tezligi ortadi. Reaksiyaning tezligi:
(48.1)
bo’lsa, temperatura ortganda k kattalashadi, binobarin k o’zgaradi.
Vant-Goff tajriba asosida quyidagi qoidani topdi: gomogen reaksiyaning tezligi temperatura 100S ga ko’tarilganda 2-4 marta ortadi. masalan, 00C da reaksiyaning tezlik doimiysi birga teng bo’lsa, 100C da 2 ga teng bo’ladi; 200C da 4 ga, 300C da 8 ga 400C da 16 ga, 500C da 32 ga, 600C da 64 ga, 700C da 128 ga, 800C da 256 ga, 900C da 512 ga, 1000C da esa 1024 ga teng bo’ladi. Demak, reaksiya tezligi geometrik progressiya tarzida ortib boradi. Reaksiyani t10 dagi tezlik doimiysining t dagi doimiysiga nisbati reaksiya tezligining temperatura koeffitsiyenti deb ataladi va bilan belgilanadi. (48.1)
Vant-Goff qoidasiga asosan, gomogen reaksiyalar tezliklarining temperatura koeffitsiyenti 2-4 ga karralidir.
Ko’p reaksiyalarning temperatura koeffitsiyentlari bir-biridan kam farq qiladi, ba’zan katta farq qilishi ham mumkin. masalan metilatsetat gidrolizining temperatura koeffitsiyenti 1,82 ga teng; lekin qamish shakarining HCI ishtirokida inversiyalanish reaksiyasining temperatura koeffitsiyenti 4,13 ga tengdir.
A rrenius 1889 yilda tezlik doimiysi bilan temperatura o’rtasidagi bog’lanishni quyidagi empirik formula orqali ifodaladi:
ℓ (48.3)
Bu tenglamadan ko’rinib turibdiki, reaksiya tezligi doimiysining logarifmi absolyut temperaturaning teskari qiymatiga bog’liq; agar absissalar o’qiga 1/Т ni, ordinatalar o’qiga InK ni qo’yib, diagramma chizsak, albatta to’g’ri chiziqdan iborat grafikka ega bo’lamiz (48.1 rasm). Bunday grafik asosida A va V larning qiymatlarini topish mumkin. Grafik to’g’ri chizig’i ordinata o’qini qayerdan kesib o’tsa, o’sha uzunlik V ning qiymatiga teng bo’ladi. Ikkinchi koeffitsiyent (48.3) tenglamadagi A doimiy kimyoviy jarayonning aktivlanish energiyasi E ekanligini eslatib o’tamiz.

Yüklə 356,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin