Demak, nuqtaning tezligi harakat tenglamasidan vaqt bo`yicha olingan birinchi tartibli hosilasiga teng ekan.
Demak, nuqtaning tezligi harakat tenglamasidan vaqt bo`yicha olingan birinchi tartibli hosilasiga teng ekan.
Nuqtaning tezlik vektorini koordinata o`qlariga proyeksiyalab (1.48-shakl, b), vx=vcosα va vy = vsinα ifodalarni hosil qilamiz.
Bu yerda α — tezlik vektorining Ox o`qi bilan tashkil etgan burchagi. Faraz qilaylik, moddiy nuqta x 0 y koordinata tekisligida x= f1(t), y = f2(t) tenglamalarga muvofiq harakatlansin. U holda, moddiy nuqtaning tezligi tezlik vektorining koordinata o`qlaridagi proyeksiyalari bilan aniqlanadi:
www.arxiv.uz
Demak, moddiy nuqta tezligining qo`zg`almas koordinata o`qlariga proyeksiyalari harakatdagi nuqtaning mos koordinatalaridan vaqt bo`yicha olingan birinchi tartibli hosilasiga teng.
Tezlikning koordinata o`qlaridagi proyeksiyalari ma`lum bo`lganda, tezlikning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
yoki
Tezlik vektorining yo`nalishi yo`naltiruvchi kosinuslar bo`yicha topiladi:
Nuqta egri chiziqli trayektoriya bo`ylab harakatlanganda uning tezligi miqdor va yo`nalish jihatidan o`zgarishi mumkin.
Odatda, birlik vaqt mobaynida tezlikning o`zgarishi tezlanish deb yuritiladi. Egri chiziqli trayektoriya bo`ylab harakatlanayotgan ixtiyoriy A nuqta ∆t vaqt davomida A holatdan A1 holatga o`tsin (1.49-shakl, a).
www.arxiv.uz
Harakat natijasida A nuqta AA1 = ∆S yoyni bosib o`tdi.
Harakat natijasida A nuqta AA1 = ∆S yoyni bosib o`tdi.
Nuqtaning tezligi A holatda υ ga, A1 holatda esa υ1 ga teng. Chizmadan ko`rinib turganidek, A nuqtaning tezligi yo`nalishini ham, qiymatini ham o`zgartiradi. Nuqtaning o`rtacha tezlanishini topamiz: