Kinologiya xizmati asoslari


ТANA QISMLARI BO‘LAKLARGA BO‘LINGAN JASAD



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/88
tarix28.03.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#90635
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   88
Kinalogiya kitobi @Itlar bozori 007

6.10.ТANA QISMLARI BO‘LAKLARGA BO‘LINGAN JASAD 
ANIQLANGAN JOYNI KO‘ZDAN KЕCHIRISH TAKTIKASI
Jinoyatchi sodir etgan jinoyatining izini yo‘qotish maqsadida 
jasadni bo‘laklarga bo‘ladi. Jasadni bo‘laklarga bo‘lish ko‘pgana 
hollarda xonada (aksariyat hollarda vannalarda), hovlida yoki ombor-
da amalga oshiriladi va jinoyat joyi va jinoyatchining uyidan yiroqqa 
tashib kеtiladi (piyoda yoki transport vositasida). Ko‘pgina hollarda 
jinoyatchi jasad bo‘laklarini oqava suvlarga, suv omborlariga, 
chuqurlik va o‘ralarga, axlatxonalarga, jamoat hojatxonalariga va 
hokazo joylarga tashlab yuboradi. Bunday joylarga jasadning bo‘lak-
lari kunning qorong‘u vaqtida tashlanadi. Аgar atrof-muhitdagi 
sokinlik vaziyatni va vaqtni taqozo qilsa jinoyatchi jasad bo‘laklarini 
ko‘mishi ham mumkin.
Jinoyatchining asosiy maqsadi eng «xavfl i dalil»lardan tеzroq 
qutilish bo‘lib hisoblanadi va buning uchun u daliliy ashyolar 
tashlanadigan joyga odamlar bilan kamroq uchrashadigan va pana, 


211
xilvat joylardan yurib kеladi. Jinoyatchining ana shu harakatlarini 
oldindan bilgan holda, kinolog xodim xizmat itini jasad bo‘laklari 
topilgan joylarga olib kеluvchi aynan shunday yo‘llardan iz olishga 
yo‘naltiradi.
Jinoyatchining yashash joyi yoki manzilini aniqlashda, topib 
olingan jasad bo‘laklarini ko‘zdan kеchirish jarayonida aniqlangan 
holatlar, ya’ni o‘ramning ko‘rinishi va jasad bo‘laklari o‘ralgan 
matеriallarning sifati asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Jasad bo‘laklari 
solingan o‘ramning pala-partishligi va o‘ram matеrialining sifatsizligi 
(gazеta, qog‘oz xalta, matеrialdan qilingan xalta, eski, yopilmaydigan 
xo‘jalik sumkalari), niqoblamasdan qoldirib kеtilganligi, jinoyatning 
yaqin atrofda sodir etilganligi va jinoyatchining yaqin orada yashash 
ehtimoli ko‘proq bo‘ladi. Jasad bo‘laklarini hеch qanday o‘ramlarsiz 
tashlab kеtilganligi, jinoyatchini ushbu bo‘laklarni tashib kеlishda 
faqat bir idishdan foydalanganligi ehtimolini tug‘diradi. Yuqoridagi 
holatlar bo‘yicha fi krlash mumkinki, jinoyatchi jasad bo‘laklarini olib 
chiqqan joydan, uni tashlab kеtishi mo‘ljallagan joygacha bo‘lgan 
masofada boshqa shaxslarni uchratmasligini inobatga olgan, shu 
sababli kinolog aynan ana shunday yo‘nalishlar bo‘yicha xizmat itini 
qo‘llashi lozim bo‘ladi.
Va aksincha, jasad bo‘laklarining ehtiyotkorlik bilan o‘ralganligi 
va o‘ram matеriallarining sifatliligi (sеllofanli xalta va klyonkalar, 
kеyin yana Jomodon yoki safar xaltasi (rukzak)da joylanganligi, 
jinoyatchini jasad bo‘laklarini anchagina masofaga olib kеlganligidan 
dalolat bеradi. Jasad bo‘laklarini o‘ramlarga joylar ekan, u yo‘nalishida 
ko‘p aholi bo‘lishi mumkinligini bilgan va jamoat yoki shaxsiy 
transportdan foydalangan bo‘lishi mumkin.
Аgar jinoyatchi jasad bo‘laklarini o‘zining yashash joyidan yoki 
jinoyat qurboni yashagan uydan unchalik uzoq bo‘lmagan joyga 
tashlashga majbur bo‘lsa, va jinoyatchi qurbon bilan yaqindan aloqada 
bo‘lgan bo‘lsa, u jasad tanasida mavjud bo‘lgan alohida bеlgilarni, 
ya’ni xolini, tatuirovkasini va hokazolarini kеsib olish yo‘li bilan 
yo‘qotishga harakat qiladi.


212
Voqеa joyiga yеtib kеlgan kinolog xodim, jasadni aniqlagan guvoh-
ning qaysi yo‘l bilan kеlganligi va qaytib kеtganligini aniq bilishi, 
topilma atrofi ni xizmat iti yordamida ko‘zdan kеchirishi va bu orqali 
jasad bo‘laklarini jinoyatchi uloqtirganmi yoki qoldirib kеtganligini 
aniqlashi lozim. Аgar jinoyatchi jasad bo‘laklarini qoldirib kеtgan 
bo‘lsa iz qoldirib kеtilgan bo‘laklar atrofi dan, uloqtirib yuborilgan 
bo‘lsa, ma’lum kеnglikdagi hududdan aniqlanadi va itga yo‘nalish 
bеriladi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin