Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi- Namangan viloyatida ekologik turizmning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va rivojlantirish jihatlari ochib berishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar hal etildi:
√ ekoturizmning ob’ekti va predmetini aniqlashtirish;
√ ekoturizmning Namangan viloyatida hududidagi ekoturlarini tasniflash;
√ ekoturizmning tabiiy geografik jihatlarini ochib berish;.
√ Namangan viloyati tabiatining (landshaftlarining) ekoturistik imkoniyatlarini tavsiflaydigan muhim omillarni belgilash va ularni xarakterlaydigan ko’rsatkichlarni aniqlash;
√ namangan viloyatini ekoturistik jihatdan rayonlashtirish;
Tadqiqot ob’ekti va predmeti
Mazkur BMIning tadqiqot ob’ekti – Namangan viloyatida tabiat yodgorliklari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlari va tabiiy komplekslari, bunyod etilgan madaniylashtirilgan ob’ektlari tanlab olingan bo`lib, ularning ekoturistik imkoniyatlarini va tabiiy geografik jihatlarini o`rganish tadqiqotning predmetini belgilaydi.
Ilmiy yangiligi.
БМИнинг мазмун ва моҳиятидан келиб чиққан тарзда илмий янгилиги қуйидагилардан иборат:
ekoturizmning ilmiy yo’nalish va amaliyot tarmog’i ekanligi;
Namangan viloyatida ekoturizmning tabiiy geografik jihatlari;
Viloyatning ekoturistik imkoniyatlarini baholash uslubi va mezonlari;
-Viloyatning ekoturistik rayonlari va marshrutlari ishlab chiqilgan
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
Tadqiqot natijalari va olingan ilmiy xulosa, kartografik materiallar, rejalashtirilgan ekoturistik marshrutlar va ularni o’tkazish bo’yicha tavsiyalar Namangan viloyatida tabiatidan ekoturistik maqsadda foydalanishning tabiiy geografik asosini yaratib beradi. Undan joyning regional va mahalliy tabiiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ekoturistik marshrutlarni o’tkazishda, ularni olib borish hamda tabiat-jamiyat o’rtasidagi uyg’unlikni buzmagan holda boshqa turistik marshrutlar bilan birga tashkil etishda, tabiat va turizm bilan ekoturizmning huquqiy asoslarini ishlab chiqishda, turizm va rekreatsiyaga oid davlat va mahalliy dastur va loyihalarni ishlab chiqishda foydalanish mumkin.